www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» «Intellekt Ekspert» davlat unitar korxonasi

«Intellekt Ekspert» davlat unitar korxonasi


 

«Intellekt Ekspert» davlat unitar korxonasiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to‘g‘risida» gi 2011 yil 24 maydagi PQ-1536-son qarorini bajarish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi 2011 yil 8iyundagi 166-sonli qaroriga asosan tashkil etildi.

 

 

«Intellect Ekspert» davlat unitar korxonasining vazifasi davlat va jamiyatining yuridik va jismoniy shaxslarga intellektual mulk ob'ektlariga huquqiy muhofaza qilish buyicha xizmatlariga bo’lgan ehtiyojni o’z xizmatlari bilan qondirish hamda ichki iste'mol bozorini xalq iste'mol tovarlari va yuqori ehtiyoj xizmat turlari bilan to’ldirish.

 

«Intellekt Ekspert» DUK quyidagi funksiyalarni bajaradi.

Yuridik va jismoniy shaxslarga intellektual mulk ob'ektlariga huquqiy muhofaza qilish uchun hujjatlar (patent, guvohnoma) olish uchun talabnoma rasmiylashtirish ishlarini olib borish bo’yicha maslahatlar berish va xizmatlar ko’rsatish, shu jumladan:

- ixtirolar,

- foydali modellar,

- sanoat namunalari,

- tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari,

- EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari,

- seleksiya yutuqlari va boshqalarga.

- patent-qidiruv tadqiqotlari, analoglar qidiruvini o’tkazish va prototipni aniqlash,

ixtiro, foydali model tavsifi, formulasini va talabnomaning boshqa xujjatlarini tuzish,

talabnoma ekpertizasi davomida yozishmalarni olib borish;

- intellektual mulk ob'ektlari bo’yicha lisenziya shartnomalarini tuzishga ko’maklashish;

- mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob'ektlarini depozitariyda saqlash bo’yicha

xizmatlar ko’rsatish.

Axborot texnologiyalari bo’yicha xizmatlar ko’rsatish;

Matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish;


 «Intellekt Ekspert» DUK viloyatlarda aholiga intellektual mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha konsalting xizmatlarni amalga oshirish uchun filiallar ochishni rejalashtirgan.

 

Direktor: Djo‘rayev Alisher Buriyvich.
Telefon: 0 (371) 232-50-17
E-mail: a.djuraev@ima.uz
Toshkent sh., 100000, Mustaqillik, 59
Telefon: 0 (371) 232-50-17
Faks: 0 (371) 232-50-45 
Metro: Xamid Olimjon bekati | Avtobuslar: № 14,17,24,58,98, Darxon bekati
Ish vaqti: Dushanba – juma 9:00 - 18:00
Tushlik: 13:00 - 14:00 | shanba, yakshanba dam olish kunlari
 
«Intellekt Ekspert» davlat unitar korxonasi
.docYuklab olish [ Jami: 163,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 17 ]

скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 4