www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» Intellektual mulk

Intellektual mulk


Intellektual mulk insonning ijodiy faoliyati na­tijasida yaratilgan adabiy, badiiy, san’at asarlari­ va­ sanoat namunasidir. Ijo­diy faoliyat, o‘z nav­ba­tida, in­son tafakkuri mahsuli hi­soblanadi. Shu bois inte­l­­lektual faoliyat ishtirok­chilari – mualliflar fu­qa­rolik-huquqiy munosabat­larning eng faol sub’ekt­laridir.

«Intellektual mulk» tushunchasi dastlab 1967 yil 14 iyuldagi «Butunjahon intellektual mulk tashkiloti(BIMT)ni tashkil etish to‘g‘risida»gi Stokgolm konvensiyasida ilgari surilgan. Mazkur konvensiya intellektual mulkning huquqiy maqomini belgilash bilan birga, uning tarkibi, ya’ni ob’ektlarini ham aniqladi hamda BIMT faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini ko‘rsatib berdi.

Bugungi kunda intellektual mulk huquqiga oid qo­nunchilikning izchil is­loh qilinayotgani intellektual mulkning huquq tizimida asosiy institutlardan biri sifatida rivojlanayotganidan dalolat beradi. Keyingi yillarda respublikamizda ham intellektual­ mulk huquqiga oid qonunchi­lik tarkiban va mazmunan­ jiddiy yangilandi. Unga ko‘­ra­ intellektual mulk huqu­qi­ni patent huquqi, mualliflik huquqi va turdosh hu­quqlarga ajratish mumkin. Milliy qonunlarimizda aynan ana shu toifadagi huquqlar e’tirof etilgan holda, barcha tafakkur mulki huquqiy muhofaza qilinishini Fuqarolik kodeksida ko‘rishimiz mumkin.

Kodeksning normalari, o‘z navbatida, bir qator sohaviy qonunlarning ham qabul qilinishida huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Respublikamizda intellektual mulk huquqini himoya qilish tizimining yaratilishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.

Birinchi bosqich 1991-1995 yillarga to‘g‘ri kelib, bu davr jahon patent tizimi tajribasini o‘rganish, sohaga oid ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish, milliy qonunchilik asoslarini yaratish, davlatning vakolatli organi, ya’ni Davlat patent idorasi, Mualliflik huquqini himoya qilish agentligining tashkil etilishi va oyoqqa turishi yillari bo‘ldi.

Ikkinchi bosqich 1996-2002 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda intellektual mulk boyliklarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi. Jumladan, «Ixtiro­lar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida», «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘­risida», «Integral mikrosxemalar topologiyalarini hu­quqiy muhofaza qilish to‘g‘­­risida», «Seleksiya yutuq­lari to‘g‘risida», «Mualliflik huquqi va turdosh hu­quqlar to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.

Bu yillarda faqatgina patent huquqi sohasida umummajburiy xarakterdagi 15 ta hujjat va idora faoliyatini tartibga soladigan 120 dan ziyod me’yoriy hujjat ham ro‘yxatga olinganini qayd etib o‘tish lozim. Bu rivojlangan davlatlarning shu sohada faoliyat olib boradigan idora­lari tajribasini respublikamizda tizimli hamda samarali joriy etish imkonini berdi.

 

Uchinchi bosqich 2003 yildan boshlanib, hozirgi kunni qamrab oladi va bu yillarni «hamkorlar bilan ishlash davri» deb nomlash mumkin. Huquqiy muhofaza qilinadigan intellektual mulk ob’ektlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish orqali respublikamizda olib borilayotgan sohaga oid islohotlarni dunyo jamoatchiligiga yetkazish, sohaga oid milliy qonunchilikning qo‘llanishi va xalqaro aktlarning ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari o‘tkazilishi, omma o‘rtasida targ‘ibot ishlarini yuritish kuchayganini shu yillarda ko‘rish mumkin.
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yuksak texnologiyalarning kirib kelishi natijasida yaratilayotgan yangiliklar, texnik yechimlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari, o‘simlik navlari, hayvonlarning yangi zotlari, mikrosxemalar topologiyalarini yaratuvchi ijodkorlarning huquqini himoya qilish zaruriyati intellektual mulkni yangi normalar asosida muhofaza qilishni taqozo etadi.
Keyingi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish sohalariga innovatsiyalarni keng joriy qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarish va xalqaro savdo tizimida munosib o‘rinni egallash yo‘lida ulkan ishlar qilinmoqda. Prezidentimizning 2006 yil 7 avgustdagi «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2008 yil 15 iyuldagi «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarida yaqin yillarga mo‘ljallangan yo‘nalishlar belgilab berildi. Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligini tashkil etish haqida»
gi qarori yuqorida ko‘rsatilgan muhim masalalarni hal etish, intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati yuritish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.
Davlat patent fondini shakllantirish ham asosiy vazifalardan biri bo‘lib, u o‘tgan yillar davomida 16 mln.dan 66,8 mln. nusxagacha, ya’ni 4,2 marotaba ko‘­paygan. Ularning 78 foizdan ortig‘i optik (CD-ROM­ va DVD ROM) disk­­larda saqlanadi.
Milliy patent tizimining yaratilgani va uning xalqaro tashkilotlar bilan uyg‘un faoliyat olib borayotgani yangiliklarni amaliyotga tatbiq etishga keng sharoit yaratib berayotir. Shu bilan birga, intellektual mulk huquqi sohasidagi xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ham soha rivojiga turtki bermoqda.

 

O‘zbekiston o‘tgan vaqt ichida Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi, Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Madrid bitimiga doir bayonnoma va protokoli, Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida shartnoma (RST), Tovar belgilariga oid qonunlar to‘g‘risida shartnoma (TLT), Patent huquqi to‘g‘risida shartnoma, O‘simliklar yangi navlarini muhofaza qilishga oid xalqaro konvensiya (UPOV), Patent tadbirlari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashtirishni xalqaro e’tirof etish to‘g‘­risidagi Budapesht shart­nomasi kabi nufuzli xalqaro shartnomalarga qo‘shildi va BIMTning faol ish­tirokchisiga aylandi.
Bundan tashqari, Evropa patent idorasi (O‘zaro pa­tent axborotini taqdim etish masalalari bo‘yicha, 2005 yil), Evroosiyo patent idorasi (Sanoat mulkini himoya qilish sohasida o‘zaro hujjatlarni almashish bo‘­yicha bitim, 2000 yil) bilan hamkorlik bitimi imzolangan. O‘zbekiston pa­tent hujjatlarini almashish bo‘­yicha boshqa xorijiy davlatlar bilan 10 ta hukumat­lararo, 17 ta idoralararo bitim imzolagan va hamkorlik bo‘yicha 6 ta verbal nota almashilgan. Intel­lektual mulk sohasida hamkorlik masalari bo‘yicha MDH davlatlari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, munosabatlar a’zo davlatlar tomonidan imzolangan 8 ta shartnoma asosida tartibga solinadi.

 

Shu o‘rinda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti to‘g‘risida ma’lumot bersak. Hozir 180 dan ortiq davlat BIMT a’zosi hisoblanadi. Mazkur tashkilot BMT tizimida bo‘lib, 1970 yildan faoliyat yuritmoqda. 1974 yilda u hukumatlararo xalqaro tashkilot nomini olgan. Ayni vaqtda BIMT butun dunyoda intellektual mulk ob’ektlarini bir xil himoya qilish, sohaga oid qonunchilik tizimini yaratish va takomillashtirishga ko‘maklashish, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, himoyaga olingan ob’ektlarni xalqaro ayirboshlashni qo‘llab-quvvatlash, boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish orqali himoya tizimini mustahkamlash, sohaga oid turli xalqaro shartnomalarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Sohaga oid keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda O‘zbekistonning BIMT a’zosi ekanligi katta samara bermoqda. 1996 yilda BIMT Bosh direktorlari Arpad Bogsh va 2000 yilda Komil Idris boshchiligida tashkilotning Xalqaro byurosi delegatsiya­lari tashrif buyurdilar. Jahon davlat rahbarlari orasida birinchilardan bo‘­lib O‘zbekiston Prezidenti­ Islom Karimovning 1996 yil­da milliy patent tizimini yaratish va rivojlantirishdagi, ilmiy-texnologik va ixtirochilik faoliyatiga yordam ko‘rsatishdagi shaxsiy hissasi hamda mamlakatimizning sanoat mulkini muhofaza qilishning xalqaro patent-hu­qu­qiy­ tizimida faol ishtiro­ki uchun BIMTning «Katta oltin medali» va diplomi bilan taqdirlangani ushbu nufuzli xalqaro tashkilot tomonidan berilgan yuksak e’tirof namunasidir

 

Har bir mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikka erishish uchun intellektual mulk muhofazasining mustahkam tizimiga ega bo‘lishi lozim. Intellektual mulk muhofazasi ixtirochilar va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yangiliklaridan foydalanish uchun sohaga in-vestitsiyalarni jalb qilishni taqozo etadi.
Bugungi kunda butun ­du­nyoda intellektual mulk ob’ektlarini tarkiblarga ajratish, ob’ektlarga hu­quqiy rejim berish, huquq egalari manfaatlarini hi­moya qilish tizimini sodda­lashtirish orqali kodifikatsiya jarayoni olib borilayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Bizningcha, respublikamizda intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq barcha qonunlarni jamlab, alohida kodeksga kiritish vaqti keldi. Qonunlar sonining ko‘pligi ayrim normalarning boshqa qonunlarda takrorlanishi yoki umumiy havola yo‘sinidagi normalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, sohaga oid qonunlar ilmiy konsepsiya­si ixchamlashib, kodeksda yaxlit ilmiylikka asoslangan, nazariy jihatdan asoslash mumkin bo‘lgan normalar jamlanishi mumkin. Eng asosiysi, huquqni qo‘llash amaliyoti yanada jadallashib, normalarni sharhlash va hujjatlarda aks ettirish imkoniyati yanada kengayadi.

Shunday ekan, intellektual mulkning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, davlat organlari va manfaatdor tashkilotlarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash, eng asosiysi jamiyatning turli qatlamlari, ayniqsa, yosh avlod orasida sohaga oid nazariy, huquqiy bilimlarni tizimli targ‘ib qilish dolzarb vazifalardan biridir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa barcha tadbirkorlik sub’ektlarini innovatsion faoliyatga jalb etish, olimlar va korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga erishish, intellektual mulk ob’ektlarini ishlab chiqarishga joriy etishning turli shakl va vositalaridan keng foydalanish, milliy patentlar bozorini rivojlantirish lozim

скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
Hozir saytda: 1