www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Intellektual mulk agentligi xodimlari
29
август
2016
Intellektual mulk agentligi xodimlari "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar
   O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vatanimiz istiqlolining 25 yilligini keng nishonlash munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do'stlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo'shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida "O'zbekiston mustaqilligiga 25 yil" esdalik nishoni ta'sis etish to'g'risidagi PF-4807-sonli Farmoni qabul qilingan edi.
Agentlikda
26
август
2016
Agentlikda "Mustaqil O'zbekiston" mavzusida eng yaxshi she'rlar tanlovi o'tkazildi
25 avgust kuni "Mustaqil O'zbekiston" mavzusida eng yaxshi she'rlar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda O'zbekiston shoirlari va agentlik mutaxassislari tomonidan ijod qilingan Vatanimizga bag'ishlangan she'rlar tinglandi.    
Termiz shahri  tadbirkorlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi to’g’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi
25
август
2016
Termiz shahri tadbirkorlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi to’g’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi
Joriy yilning 24 avgustida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi birgalikda tadbirkorlarning intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi tog’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasining rahbarlari va mutaxassislari, kichik va o'rta biznes vakillari, bojxona, soliq qo’mitalari mutaxassislari va xususiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.      
Agentlikda mustaqillikning 25 yilligiga bag'ishlangan sport musobaqalari o'tkazildi
24
август
2016
Agentlikda mustaqillikning 25 yilligiga bag'ishlangan sport musobaqalari o'tkazildi
23-24 avgust kunlari "O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi" shiori ostida Agentlikda sport musobaqalari o'tkazildi.     Musobaqalarda Agentlik mutaxassislari bilan uning tasaruffidagi tashkilotlar mutaxassislari bellashdilar.    
Ikkinchi tipdagi qandli diabetga moyillikni tashhislash usuli
23
август
2016
Ikkinchi tipdagi qandli diabetga moyillikni tashhislash usuli
  Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti хodimlari ikkinchi tipdagi qandli diabetga moyillikni tashhislash usulini yaratdilar. Ushbu ixtiro tibbiyot, chunonchi ikkinchi tipdagi qandli diabetga moyillikni erta tashhislashda qo’llaniladi. Olimlarning oldiga qo’yilgan vazifa kasallikni oldini oluvchi profilaktika choralarini olib borish maqsadida hamda ikkinchi tipdagi qandli diabet xavfini keltirib chiqaruvchi omillarni, masalan o’tkir hamda uzoq muddatli psixoemotsional stressni bartaraf etish uchun ikkinchi tipdagi qandli diabetga moyillikni, uning ehtimoldagi rivojlanishidan ko’p yillar oldin aniqlashga yordam berishdan iborat. Hammualliflar - Chernish Pavel, Xaydarova Feruza, Kayumov Ulugbek, Axmedova Madina va Fozildjanova Adibaga ixtiro uchun № IAP 05238 raqamli patent berildi.    
Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami oldidan Agentlikda xayriya hashari o'tkazildi
20
август
2016
Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami oldidan Agentlikda xayriya hashari o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi farmoyishiga asosan Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami oldidan Intellektual mulk Agentligida 20 avgust kuni xayriya hashari tashkil etildi. Hasharda Agentlik va uning tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari qatnashdilar.
Orqaga 1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 23 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
Hozir saytda: 3