www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Safro haydovchi vosita
18
март
2017
Safro haydovchi vosita
   Toshkent tibbiyot akademiyasi olimlari safro haydovchi vositani ixtiro qildilar. Mazkur vosita tibbiyotda, xususan, kimyo-farmasevtika sanoatida foydalaniladi. Olimlarning oldiga qo’ygan vazifasi dorivor o’tlar: Hipericum scabrum L., Ziziphora pedicellata Pazij Vved., Mediazia macrophylla, Glycirhiza glabra L ning quruq ekstrakti asosida safro haydash faolligi yuqori bo’lgan, zaharliligi past bo’lgan vositani yaratishdan iborat bo`ldi.
O’quv markazi intellektual boshqaruvi uchun dasturiy ta'minot
15
март
2017
O’quv markazi intellektual boshqaruvi uchun dasturiy ta'minot
   Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari o’quv markazi intellektual boshqaruvi uchun dasturiy ta'minotini yaratdilar. Dastur o’quv markazlari tinglovchilarining elektron ro’yxatini tuzish va o’quv guruhlarini shakllantirish uchun mo’ljallangan. Mazkur dasturiy ta'minot tinglovchilarni tezkor va avtomatik tarzda ro’yxatga olish, o’qituvchilar guruhini shakllantirishni avtomatlashtirish va elektron to’lov tizimini yaratishdan iborat.
Agentlikda xayriya hashari o'tkazildi
13
март
2017
Agentlikda xayriya hashari o'tkazildi
   Har yili Navro'z umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlarini o'tkazish odat tusiga kirgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi farmoyishi asosida mamlakatimizda mart-aprel oylari obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish oyligi deb e'lon qilindi. Oylik doirasida 11 mart kuni Intellektual mulk agentligida ham bayram nishonlanishi oldidan xayriya hashari o'tkazildi.
Diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usuli
07
март
2017
Diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usuli
   «DONMAHSULOTLARI ILMIY ISHLAB CHIQARISH MARKAZI» mas'uliyati cheklangan jamiyat xodimlari diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usulini ixtiro qildilar. Mazkur usul oziq-ovqat sanoati, chunonchi funksional foydalanishga mo’ljallangan non-bo’lka mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, diabetik non-bo’lka mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ushbu ixtironing asosiy vazifasi oziq-ovqat tolalari va funksional qo’shimchalar bilan boyitilgan, non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari yaxshilangan diabetik non-bo’lka mahsulotini ishlab chiqishdan iborat bo`ldi.
Chaqaloqlarda katta o’lchamdagi omfalotseleni davolash usuli
03
март
2017
Chaqaloqlarda katta o’lchamdagi omfalotseleni davolash usuli
   O’zbek olimlari chaqaloqlarda katta o’lchamdagi omfalotseleni davolash usulini yaratdilar. Bu usul tibbiyot, xususan, bolalar jarrohligida qo’llaniladi. Mazkur ixtironing vazifasi katta o’lchamdagi omfalotseleni operatsiya yo’li bilan davolashda qorin bo’shlig’i operatsiya maydonining hajmini oshiradigan va operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytiradigan usulni yaratishdan iborat. Chaqaloqlarda katta o’lchamdagi omfalotseleni davolash usuli taklif qilingan bo’lib, u churra bo’rtiqi atrofida aylanma kesik hosil qilish, ibtidoiy qorin pardasi saqlangan holda churra bo’rtig’i qobiqini kesish, organlarni qorin bo’shlig’iga cho’ktirish va churra bo’rtiqni bartaraf etishni o’z ichiga oladi.
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2017 yil 2- soni nashrdan chiqdi
02
март
2017
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2017 yil 2- soni nashrdan chiqdi
 "Rasmiy axborotnoma” ning 2017 yil 2-sonida quyidagi ma'lumotlar
Orqaga 1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 42 Oldinga

Boshqa yangiliklar

06 декабрь 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 6
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3