www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Qashqadaryo viloyatida
16
август
2016
Qashqadaryo viloyatida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi
12 avgust kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyoti institutida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida o`quv seminari o`tkazildi.
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
15
август
2016
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
Intellektual mulk Agentligining tovar belgilari Davlat reestrida quyidagi jamlama tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazildi
O'zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorlikda Navoiy va Buxoro shaharlarida o'quv seminarini o'tkazdi
11
август
2016
O'zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorlikda Navoiy va Buxoro shaharlarida o'quv seminarini o'tkazdi
2016 yil 10-11 avgustda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Navoiy va Buxoro viloyatlari hududiy boshqarmalari va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi birgalikda tadbirkorlarning intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminarlarini o'tkazdilar. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari va mutaxassislari, kichik va o'rta biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Bolalarda kritik holatlarni baholash shkalasi
10
август
2016
Bolalarda kritik holatlarni baholash shkalasi
O’zbek dasturchilari bolalarda kritik holatlarni baholash shkalasini yaratdilar. Dasturiy ta'minot bolalar ahvolining og’irligini integral baholash yordamida kritik holat natijalarini prognozlash uchun mo’ljallangan. Mazkur dastur tekshirilayotgan bemorlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish, ma'lumotlarni qayta ishlash, "triaj” tizimini ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Dastur intensiv terapiya va jonlantirish bo’limi hamda shoshilinch tibbiy yordam shifokori taktikasini va ko’rsatilgan yordam hajmini aniqlash imkonini beradi, zarur holatlarda ko’rsatilgan tibbiy choralarni intensivligi va samaradorligini aniqlaydi. Kritik holatlarda salbiy natijalar miqdorini kamayishiga olib keladi. 
Farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiya
09
август
2016
Farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiya
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti xodimlari farmatsevtik yara bitiruvchi kompozitsiyani yaratdilar. Mazkur kompozitsiya tibbiyot va farmatsevtikada foydalaniladi. Xodimlar oldiga qo’yilgan vazifa - yiringli yallig’lanuvchi kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish uchun optimal yumshoq dori shaklini ishlab chiqishdan iborat bo`ldi. Boshqa yara bitiruvchi kompozitsiyalardan tarkibida aktiv komponent sifatida Nigella sativa ekiladigan sedana urug’idan olingan polipeptidlar jamlamasi, o’simlik yog’i sifatida esa Nigella sativa ekiladigan sedana urug’idan olingan yog’ hamda qo’shimcha ravishda A va E vitaminlaridan foydalanilgani bilan ajralib turadi.
Arrali tola ajratgichning kolosnikli panjarasi
05
август
2016
Arrali tola ajratgichning kolosnikli panjarasi
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari аrrali tola ajratgichning kolosnikli panjarasini yaratdilar. Arrali tola ajratgichning kolosnikli panjarasi arra tishlarining yedirilishini va tolalarning shikastlanishini kamaytiradi. Ushbu foydali model arrali tola ajratgichning kolosnikli panjarasi pastki va ustki bruslardan iborat bo’lib, ularga kolosniklar o’rnatilgan, bunday kolosniklar elastik qistirma va elastik vtulka orqali vint vositasida mahkamlanadi.
Orqaga 1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 27 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 3