www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Рasterellyoz kasalligiga qarshi  inaktivasiyalangan vaksina
27
июль
2016
Рasterellyoz kasalligiga qarshi inaktivasiyalangan vaksina
O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari yirik va mayda shoxli hayvonlarning pasterellyoz kasalligiga qarshi inaktivatsiyalangan vaksina ixtiro qildilar. Ushbu vaksina veterinariya, chunonchi buzoqlar, qo’ylar va echkilarda pasterellyoz kasalligining oldini olishda qo’llaniladi. Uning asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi hayvonlarida pasterellyoz kasalligining oldini olish uchun inaktivatsiyalangan vaksinaning immunogenlik va kasallikka qarshi ta`sirini kuchaytirish xususiyatlarini oshirishdan iborat.
Tolali material uchun omborxona
25
июль
2016
Tolali material uchun omborxona
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari qishloq xo’jaligi sohasida foydalanishga mo`ljallangan tolali material uchun omborxona yaratdilar. Ushbu foydali modelning vazifasi butun yuklash siklini avtomatlashtirish hamda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish hisobiga tannarxni va yuk tushirish jarayonining davomiyligini kamaytirishdan iborat.
Homiladorlikka bog’liq bo’lgan gipertenziyani prognozlash usuli
22
июль
2016
Homiladorlikka bog’liq bo’lgan gipertenziyani prognozlash usuli
O’zbek olimalari tomonidan homiladorlikka bog’liq bo’lgan gipertenziyani prognozlash usuli ixtiro qilindi. Ushbu usul tibbiyot, chunonchi akusherlikda qo’llaniladi. Uning vazifasi ayollarda gestatsiyaning ilk davrida homiladorlikka bog’liq bo’lgan gipertenziyani yuzaga kelishini o`ziga xos sezuvchanlik va aniq prognozlash usulini yaratishdan iborat.
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
20
июль
2016
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
Intellektual mulk Agentligining tovar belgilari Davlat reestrida quyidagi jamlama tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazildi  
Radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanishdan himoyalanish uchun qurilma
19
июль
2016
Radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanishdan himoyalanish uchun qurilma
O`zbek olimlari Tashpulatova Guzal, Magay Modest va Xamidova Gulozodlar radiochastotali diapazondagi elektromagnit nurlanishdan himoyalanish uchun qurilma ishlab chiqdilar. Odamlarni elektromagnit nurlanish va shovqindan himoyalash uchun mo`ljallangan deraza oynalari o`rnini qoplovchi jalyuzi ko`rinishidagi ekranlar sifatida qo`llaniladi. Ixtironing vazifasi qurilmadan foydalanishda qulaylikni oshirish, zararli shovqin ta'siridan himoyalanishni yaxshilashdan iborat.
18
июль
2016
"Alifbe" 1-sinf uchun elektron darslik
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi dasturchilari Ergashev Sharibboy, Kolantarov Aron, Achilova Nasiba, A'zamova Nilufar, Nazirbaev Abdimutalip va Ataxojaev Murodxonlar "Alifbe” 1-sinf uchun elektron darsligini yaratdilar. "Alifbe” 1-sinf uchun elektron darslikning asosiy vazifasi zamonaviy texnika vositalari orqali bilim olishdan iborat bo’lib, undagi video va audio roliklar qabul qilinayotgan bilimlarni oson o’zlashtirishga va yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Resursda foydalanilgan rang-barang tasvirlar, o’yinlar, musiqalar bolalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Darslikning oxirgi qismida mavzuni mustahkamlash uchun vazifalar berilgan. O’quvchilar alifbeni kompyuter orqali o’rganish imkoniyatiga ega.
Orqaga 1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 27 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 3