www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Еlektron resurslar bilan ishlovchi muassasalarga mo’ljallangan  “Elektron kutubxona v.1” dasturi yaratildi
18
ноябрь
2016
Еlektron resurslar bilan ishlovchi muassasalarga mo’ljallangan “Elektron kutubxona v.1” dasturi yaratildi
   O’zbek dasturchilari "Elektron kutubxona v.1" dasturini yaratdilar. Ushbu dastur elektron resurslar bilan ishlovchi muassasalarga mo’ljallangan. Dastur orqali yo’nalishlar bo’yicha resurslarni joylashtirish, joylashtirilgan resurslarni muallifi, nomi va yo’nalishi bo’yicha izlab topish va yuklab olish, joylashtirilgan resurslardan foydalanilganlik bo’yicha hisobotlar olish, internet resurslarini joylashtirish va undan foydalanish mumkin.
Chigitli paxta separatori
17
ноябрь
2016
Chigitli paxta separatori
   "INDUSTRIAL TECHNOLOGICAL LINES" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari chigitli paxta separatorini ixtiro qildilar. Ushbu ixtiro to’qimachilik sanoati, chigitli paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mo’ljallangan bo’lib, separator ishining ishochliligi va mehnat unumdorligini oshiradi. Chigitli paxta separatori tarmoqlangan kirish quvuriga ega bo’lgan taqsimlovchi kameradan tarkib topgan bo’lib, taqsimlovchi kamera o’zining ustki qismiga ulangan pnevmouzatma bilan hamda tarmoqlangan kirish quvuridan kengayib ketgan va o’zining pastki qismiga ulangan tolali uzatma bilan ta'minlangan, pnevmouzatma tangensial ravishda separasion kameraga ulangan, tolali uzatma esa tangensial ravishda separasion shaxtaga ulangan, separasion kamerada tarmoqlangan kirish quvuri oldida to’rsimon yuza o’rnatilgan bo’lib, ushbu to’rsimon yuza oldida valda aylinish imkoniyati bilan
Ko’zning to’r pardasi kasalliklarini intaokulyar tamponadani qo’llagan holda davolash usuli
15
ноябрь
2016
Ko’zning to’r pardasi kasalliklarini intaokulyar tamponadani qo’llagan holda davolash usuli
   Fransiyalik GARRIG, Jan-Sebasten va LYALMAN, Frederik va amerikalik XEYER, Djeffri ko’zning to’r pardasi kasalliklarini intaokulyar tamponadani qo’llagan holda davolash usuli ixtiro qildilar.Mazkur usul tibbiyot, xususan, ko’z kasalliklarini davolashda qo’llaniladi. Olimlarning oldiga qo'yilgan vazifa ko’z to’r pardasining ko’chishini davolashda qo’llanadigan kompozitsiyani ishlab chiqish. Ixtiroda yog’-kislota glitserin efirini o’z ichiga olgan kompozitsiya taklif qilinib, vitreoektomiya protsedurasi paytida yoki undan keyin qo’llanadi.
O’zbekiston tarixiy majmualari dasturi yaratildi
11
ноябрь
2016
O’zbekiston tarixiy majmualari dasturi yaratildi
   Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari O’zbekiston tarixiy majmualari dasturini yaratdilar. Dastur O’zbekiston Respublikasining tarixiy yodgorlik va ob'ektlarini o’rganish uchun mo’ljallangan. O’zbekiston tarixiy majmualari O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirliklarida qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasining tarixiy yodgorlik va ob'ektlari haqidagi axborotni taqdim etish, axborotlarni kiritish, o’zgartirish va o’chirish, qidiruvlarni amalga oshirish va taqdim etilgan ma'lumotlarni saralash, ishni rus va ingliz tillarida olib borish imkoniga ega.
Oqimli nasos ixtiro qilindi
09
ноябрь
2016
Oqimli nasos ixtiro qilindi
   Toshkent irrigasiya va melioratsiya instituti xodilari oqimli nasosni ixtiro qildilar. Mazkur foydali model oqimli texnika, drenaj suvlarini tortib olish, quduqlardan filtratsion suvlarni chiqarib olishdagi qurilmalar uchun mo’ljallangan. Oqimli nasos har xil rejimlarda nasosning ishonchli ishlashini ta'minlash va foydali ish koeffitsienti (FIK) ni oshirish imkoniga ega. Oqimli nasos qabul qiluvchi kameraga ega bo’lib, bu kamera passiv muhitni olib kelish uchun mo’ljallangan Qurilma bilan bog’langan, ushbu passiv muhitga va undan keyin kelgan qorishtirish kamerasi va diffuzorga koaksial holda, rezbali uchastka vositasida o’q bo’ylab harakatlana oladigan qilib uchi torayib ketgan aktiv soplo o’rnatilgan. 
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
08
ноябрь
2016
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
     Intellektual mulk Agentligining tovar belgilari Davlat reestrida quyidagi jamlama tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazildi
Orqaga 1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 39 Oldinga

Boshqa yangiliklar

10 октябрь 2017 E'lon!
25 сентябрь 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4