www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslama
31
май
2016
Aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslama
To’qimachilik sanoatida foydalaniladigan yangi qurilma yaratildi. Qurilma aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslamasi bo’lib, u Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur model to’qimachilik sanoatida foydalanish uchun mo’ljallangan. Uning vazifasi aylanma tto’quv mashinalarida hosil bo’ladigan petlyali strukturaga ega bo’lgan trikotaj matoning tekisligini ta`minlashdan iborat.
30
май
2016
"YANGI INTELLEKT - 2016" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanlov
Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag’batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko’maklashish, ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo’llab-quvvatlash, eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yo’nalishlari bo’yicha yillik tanlovi o’tkazilishini e'lon qiladi. Tanlov joriy yilning 30 maydan 15 noyabriga qadar quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi: 1-bosqich - joriy yilning 30 maydan 1 noyabriga qadar talabnomalar qabul qilish; 2-bosqich - joriy yilning 14 noyabriga qadar Tashkiliy qo’mita va Tanlov komissiyalari tomonidan tanlov yakunlari bo’yicha qaror qabul qilish; 3-bosqich - 2016 yilning noyabr oyining
Atopik dermatitni davolash usuli
30
май
2016
Atopik dermatitni davolash usuli
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olimlari atopik dermatitni davolash usulini ixtiro qildilar. Usul tibbiyot, xususan, dermatologiya, chunonchi pediatriya va allergologiyada endogen intoksikasili atopik dermatitni davolashda qo’llanadi. Uning vazifasi simptomlar shkalasining dermatologik indeksini va og’irlik darajasi indeksi - SCORADni pasaytirish imkonini beradigan endogen intoksikasiya holatini pasaytirish, qo’shimcha holatlarni kamaytirishdan iborat.
27
май
2016
"FUNNY PHYSICS" Elektron qo’llanma
«"FUNNY PHYSICS" "QIZIQARLI FIZIKA" (ingliz tilida) elektron qo’llanma» dasturi oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimida fizika ta`lim yo’nalishi talabalar uchun ingliz tili fanining o’quv dasturi va fanni o’qitishning zamonaviy usullari asosida yaratilgan.
Traxeyaning yuqori qismi chandiqli torayishida hiqildoq bilan traxeya orasida anastomoz qo’yish usuli
25
май
2016
Traxeyaning yuqori qismi chandiqli torayishida hiqildoq bilan traxeya orasida anastomoz qo’yish usuli
O’zbek olimlari traxeyaning yuqori qismi chandiqli torayishida hiqildoq bilan traxeya orasida anastomoz qo’yish usulini ixtiro qildilar. Ixtiro tibbiyot, chunonchi torakal jarrohlik, traxeyaning chandiqli stenozi bo’yicha operatsiyalar paytida foydalanish uchun mo’ljallangan. Uning vazifasi usulni soddalashtirish, hiqildoq bilan traxeya orasidagi anastamoz bepandligining oldini olish va traxeya restenozini profilaktika qilishdan iborat.
Salqin ichimliklarni saqlash va sotish uchun yangi avtoprisep-sisterna yaratildi
23
май
2016
Salqin ichimliklarni saqlash va sotish uchun yangi avtoprisep-sisterna yaratildi
Mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "Parsek Plus" xorijiy korxonasi xodimi Naniyev Vyacheslav Vladimirovich salqin ichimliklarni saqlash va sotish uchun avtoprisep-sisterna yaratdi.
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 4