www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
To’qimachilik materiallariga yong’indan himoyalash uchun ishlov berish kompozitsiyasi
15
июль
2016
To’qimachilik materiallariga yong’indan himoyalash uchun ishlov berish kompozitsiyasi
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari to’qimachilik materiallariga yong’indan himoyalash uchun ishlov berish kompozitsiyasini ixtiro qildilar. Mazkur kompozitsiya to’qimachilik sanoatida qo’llaniladi. Olimlar oldidaga vazifa – to’qimachilik materiali bilan mustahkam bog’langan yong’indan himoyalash uchun kompozitsiyani olish va alanga ta'siridan keyin material massasidagi yo’qotishlarni kamaytirishdan iborat bo`ldi.
Gimnastika – sog’lom turmush tarzi  (elektron o’quv qo’llanma)
14
июль
2016
Gimnastika – sog’lom turmush tarzi (elektron o’quv qo’llanma)
O’zbek dasturchilari tomonidan "Gimnastika – sog’lom turmush tarzi” elektron o’quv qo’llanmasi yaratildi. "Sog’lom ona va bola" yiliga bag’ishlangan ushbu elektron o’quv qo’llanma, jismoniy tarbiya va jismoniy ta'lim o’qituvchilari, murabbiylar hamda talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, interfaol teskari aloqani amalga oshirish orqali yosh avlodning ma'naviy, irodaviy va estetik fazilatlarini tarbiyalash jarayonining uzluksizligi va to’laligini ta'minlash maqsadida yaratilgan.
Biologik gaz olish qurilmasi
13
июль
2016
Biologik gaz olish qurilmasi
"Sho'rtanneftgaz" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan yangi biologik gaz olish qurilmasi yaratildi. Mazkur qurilma biologik gaz va biologik o’g’it olish uchun mo’ljallangan bo`lib, qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohalarida foydalanilishi mumkin. Olimlarning oldidagi vazifa kichik chorvachilik xo’jaliklari va shaxsiy sektor uchun sodda va ishonchli konstruksiyaga ega bo’lgan, elektr sarfini hamda atmosfera va ekinlar uchun zararli gazlar hajmini kamaytirishga mo`ljallangan kichik gabaritli biologik gaz qurilmasini yaratishdan iborat bo`ldi.
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
08
июль
2016
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
Intellektual mulk Agentligining tovar belgilari Davlat reestrida quyidagi jamlama tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazildi
05
июль
2016
"Rasmiy axborotnoma" byulletenining 2016 yil 6-soni nashrdan chiqdi
  "Rasmiy axborotnoma” ning 2016 yil 6-sonida quyidagi ma'lumotlar: - 56 ta ixtirolarga talabnomalar haqidagi; -Davlat reestrida ro`yxatdan o`tkazilgan 261 ta intellektual mulk ob'ektlari, jumladan, 16 ta ixtirolar, 14 ta foydali modellar, 15 ta sanoat namunalari, 158 ta tovar belgilari, 57 ta EHM uchun dasturlar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi; seleksiya bo`limda o`simlik navlariga O`zbekiston Respublikasi patentini berish uchun qabul qilingan o`simlik navlariga va hayvonlar zotlarining Davlat reestrlari ro`yxatidan o`tkaziladigan 1 ta o`simlik navi haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi. - tovar belgilari bo`yicha 10 ta litsenziya shartnomalari; - tovar belgilari bo`yicha 17 ta huquqlarni boshqa shaxsga o`tkazish to`g`risidagi shartnomalar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi.
Transport vositasi
01
июль
2016
Transport vositasi
  O'zbek olimi Kirsanov Vladimir Nikolayevich yangi transport vositasini yaratdi. Ushbu vosita avtomobilsozlik sahasida foydalanish uchun mo'ljallangan. Olimning vazifasi ekspluatasion xaraketristikalarni yaxshilash, kichik reaktiv dvigatelidan foydalanish hisobiga yerda harakatchanlikni oshirishdan iborat edi.
Orqaga 1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 34 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5