www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Tikuv mashinasining material surish mexanizmi
02
август
2016
Tikuv mashinasining material surish mexanizmi
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimi tikuv mashinasining material surish mexanizmini ixtiro qildi. Mazkur foydali model tikuv mashinasozligida qo’llaniladi. Uning vazifasi tikuv mashinalarida material surish mexanizmi ishining ishonchliligini oshirishdan iborat.
Agentlikda
29
июль
2016
Agentlikda "Ijro intizomini mustahkamlash" mavzusida seminar o'tkazildi
2016 yil 28 iyul kuni Agentlikda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro intizomini mustahkamlash to'g'risidagi, hamda O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqidagi qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish bo'yicha seminar tashkil etildi.
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
29
июль
2016
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
Intellektual mulk Agentligining tovar belgilari Davlat reestrida quyidagi jamlama tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazildi
28
июль
2016
"1UZ Kadrlar bo’limi" dasturi
  "BePro Norma" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari "1UZ Kadrlar bo’limi" dasturini ishlab chiqdilar. Mazkur dastur "Ma'lumotnomalar" orqali kadrlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish davridan boshlab to hisobotlarni qabul qilishgacha bo’lgan davrda korxonadagi kadrlar hisobini olib borishga mo’ljallangan. Dastur vazirliklar, idoralar va aksiadorlik jamiyatlari, shuningdek, kichik va o’rta korxonalar, fermer xo’jaliklari sohasida foydalanish uchun ishlab hiqildi. Dasturni yaratishda oddiylik va ishonchlilikka alohida e'tibor qaratildi. Foydalanuvchi dastur orqali xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish va joyini o’zgartirish, tashkilotning shtat jadvali, tabelini yuritish kabi funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Рasterellyoz kasalligiga qarshi  inaktivasiyalangan vaksina
27
июль
2016
Рasterellyoz kasalligiga qarshi inaktivasiyalangan vaksina
O’zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari yirik va mayda shoxli hayvonlarning pasterellyoz kasalligiga qarshi inaktivatsiyalangan vaksina ixtiro qildilar. Ushbu vaksina veterinariya, chunonchi buzoqlar, qo’ylar va echkilarda pasterellyoz kasalligining oldini olishda qo’llaniladi. Uning asosiy vazifasi qishloq xo’jaligi hayvonlarida pasterellyoz kasalligining oldini olish uchun inaktivatsiyalangan vaksinaning immunogenlik va kasallikka qarshi ta`sirini kuchaytirish xususiyatlarini oshirishdan iborat.
Tolali material uchun omborxona
25
июль
2016
Tolali material uchun omborxona
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari qishloq xo’jaligi sohasida foydalanishga mo`ljallangan tolali material uchun omborxona yaratdilar. Ushbu foydali modelning vazifasi butun yuklash siklini avtomatlashtirish hamda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish hisobiga tannarxni va yuk tushirish jarayonining davomiyligini kamaytirishdan iborat.
Orqaga 1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 39 Oldinga

Boshqa yangiliklar

10 октябрь 2017 E'lon!
25 сентябрь 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3