www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Biologik gaz olish qurilmasi
13
июль
2016
Biologik gaz olish qurilmasi
"Sho'rtanneftgaz" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan yangi biologik gaz olish qurilmasi yaratildi. Mazkur qurilma biologik gaz va biologik o’g’it olish uchun mo’ljallangan bo`lib, qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohalarida foydalanilishi mumkin. Olimlarning oldidagi vazifa kichik chorvachilik xo’jaliklari va shaxsiy sektor uchun sodda va ishonchli konstruksiyaga ega bo’lgan, elektr sarfini hamda atmosfera va ekinlar uchun zararli gazlar hajmini kamaytirishga mo`ljallangan kichik gabaritli biologik gaz qurilmasini yaratishdan iborat bo`ldi.
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
08
июль
2016
Jamlama tovar belgilariga guvohnomalar olindi
Intellektual mulk Agentligining tovar belgilari Davlat reestrida quyidagi jamlama tovar belgilari ro'yxatdan o'tkazildi
05
июль
2016
"Rasmiy axborotnoma" byulletenining 2016 yil 6-soni nashrdan chiqdi
  "Rasmiy axborotnoma” ning 2016 yil 6-sonida quyidagi ma'lumotlar: - 56 ta ixtirolarga talabnomalar haqidagi; -Davlat reestrida ro`yxatdan o`tkazilgan 261 ta intellektual mulk ob'ektlari, jumladan, 16 ta ixtirolar, 14 ta foydali modellar, 15 ta sanoat namunalari, 158 ta tovar belgilari, 57 ta EHM uchun dasturlar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi; seleksiya bo`limda o`simlik navlariga O`zbekiston Respublikasi patentini berish uchun qabul qilingan o`simlik navlariga va hayvonlar zotlarining Davlat reestrlari ro`yxatidan o`tkaziladigan 1 ta o`simlik navi haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi. - tovar belgilari bo`yicha 10 ta litsenziya shartnomalari; - tovar belgilari bo`yicha 17 ta huquqlarni boshqa shaxsga o`tkazish to`g`risidagi shartnomalar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi.
Transport vositasi
01
июль
2016
Transport vositasi
  O'zbek olimi Kirsanov Vladimir Nikolayevich yangi transport vositasini yaratdi. Ushbu vosita avtomobilsozlik sahasida foydalanish uchun mo'ljallangan. Olimning vazifasi ekspluatasion xaraketristikalarni yaxshilash, kichik reaktiv dvigatelidan foydalanish hisobiga yerda harakatchanlikni oshirishdan iborat edi.
Intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etildi
29
июнь
2016
Intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etildi
  Intellektual mulk agentligi O'quv markazi rahbariyati Butunjahon savdo tashkiloti Sekretariati (BST) va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida 2016 yil 13-24 iyunda Jeneva shahrida o'tkazilgan intellektual mulk sohasidagi o'qituvchilar uchun BIMT-BST Kollokviumida ishtirok etdi.
103 - Tez tibbiy yordam
28
июнь
2016
103 - Tez tibbiy yordam
O'zbek dasturchisi Yusupov Umrbek Nazarovich "103 - Tez tibbiy yordam" dasturini ishlab chiqdi. Ushbu dasturiy mahsulot "103" xizmati dispetcherlari ishlarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan bo'lib, qo'ng'iroqlarni kiritish va o'zgartirish, bemorlar haqida ma'lumotlarni qayta ishlash va saqlash hamda ularga chaqirilgan tez tibbiy yordamni qayd etib qo'yish, tez tibbiy yordam kartalari ma'lumotlarini qayta ishlash va saqlash, tez tibbiy yordam stansiyalari brigadalari tarkibini ko'rib chiqish va o'zgartirish, qabul qilingan qo'ng'iroqlarga tez yordam brigadalarini tayinlash, "Tez tibbiy yordam qo'ng'iroqlari kartasi" - 110/u - sonli ro'yxatga olish shaklni tuzish, ko'rib chiqish va muhrlash, tez tibbiy yordam faoliyati haqida hisobotlarni ko'rib chiqish va muhrlash kabi funksional imkoniyatlari mavjud.
Orqaga 1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 42 Oldinga

Boshqa yangiliklar

06 декабрь 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3