www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslama
31
май
2016
Aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslama
To’qimachilik sanoatida foydalaniladigan yangi qurilma yaratildi. Qurilma aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslamasi bo’lib, u Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur model to’qimachilik sanoatida foydalanish uchun mo’ljallangan. Uning vazifasi aylanma tto’quv mashinalarida hosil bo’ladigan petlyali strukturaga ega bo’lgan trikotaj matoning tekisligini ta`minlashdan iborat.
Atopik dermatitni davolash usuli
30
май
2016
Atopik dermatitni davolash usuli
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olimlari atopik dermatitni davolash usulini ixtiro qildilar. Usul tibbiyot, xususan, dermatologiya, chunonchi pediatriya va allergologiyada endogen intoksikasili atopik dermatitni davolashda qo’llanadi. Uning vazifasi simptomlar shkalasining dermatologik indeksini va og’irlik darajasi indeksi - SCORADni pasaytirish imkonini beradigan endogen intoksikasiya holatini pasaytirish, qo’shimcha holatlarni kamaytirishdan iborat.
27
май
2016
"FUNNY PHYSICS" Elektron qo’llanma
«"FUNNY PHYSICS" "QIZIQARLI FIZIKA" (ingliz tilida) elektron qo’llanma» dasturi oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimida fizika ta`lim yo’nalishi talabalar uchun ingliz tili fanining o’quv dasturi va fanni o’qitishning zamonaviy usullari asosida yaratilgan.
Traxeyaning yuqori qismi chandiqli torayishida hiqildoq bilan traxeya orasida anastomoz qo’yish usuli
25
май
2016
Traxeyaning yuqori qismi chandiqli torayishida hiqildoq bilan traxeya orasida anastomoz qo’yish usuli
O’zbek olimlari traxeyaning yuqori qismi chandiqli torayishida hiqildoq bilan traxeya orasida anastomoz qo’yish usulini ixtiro qildilar. Ixtiro tibbiyot, chunonchi torakal jarrohlik, traxeyaning chandiqli stenozi bo’yicha operatsiyalar paytida foydalanish uchun mo’ljallangan. Uning vazifasi usulni soddalashtirish, hiqildoq bilan traxeya orasidagi anastamoz bepandligining oldini olish va traxeya restenozini profilaktika qilishdan iborat.
Salqin ichimliklarni saqlash va sotish uchun yangi avtoprisep-sisterna yaratildi
23
май
2016
Salqin ichimliklarni saqlash va sotish uchun yangi avtoprisep-sisterna yaratildi
Mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "Parsek Plus" xorijiy korxonasi xodimi Naniyev Vyacheslav Vladimirovich salqin ichimliklarni saqlash va sotish uchun avtoprisep-sisterna yaratdi.
Dilatasion kardiomiopatiyaning rivojlanish xavfini aniqlash usuli
20
май
2016
Dilatasion kardiomiopatiyaning rivojlanish xavfini aniqlash usuli
O'zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi xodimlari dilatasion kardiomiopatiyaning rivojlanish xavfini aniqlash usulini ixtiro qildilar. Mazkur ixtiro tibbiyot, xususan kardiologiya, dilatasion kardiomiopatiyaning eng yuqori rivojlanish guruhiga mansub bo'lgan nokoronarogen miokard kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni aniqlash uchun mo'ljallangan. Uning vazifasi kasallikning rivojlanish xavfini aniqlash yo'li bilan DKMP rivojlanishini prognozlash aniqligini oshirish. Hammualiflar - Kurbanov Ravshanbek, Abdullуaev Timur va Kurbanov Nuraliga bu ixtiro uchun № IAP 05198 raqamli patent berildi.

Boshqa yangiliklar

10 октябрь 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2