www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Uglevodorod fraksiyalarini ishlab chiqarish sxemasi
06
июнь
2016
Uglevodorod fraksiyalarini ishlab chiqarish sxemasi
"Fargona neftni qayta ishlash zavodi" sho'ba unitar korxonasi xodimlari uglevodorod fraksiyalarini ishlab chiqarish sxemasiни jaratdilar. Ushbu sxema neftni qayta ishlash sanoatida foydalanish uchun mo’ljallangan. Uning vazifasi standartlar talablariga javob beradigan tovar dizel yog’ilg’ilarining ishlab chiqarilishini ta`minlaydigan texnologik liniyani ishlab chiqish, arzon va past sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini qisqartirishdan iborat.
Yara bitkazuvchi vosita
03
июнь
2016
Yara bitkazuvchi vosita
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti olimlari yangi yara bitkazuvchi vosita ixtiro qildilar. Mazkur vosita farmasevtika sanoati, chunonchi etiologiyasi va to'qima patologiyasi har xil bo'lgan yaralarni davolashda tibbiyot amaliyotida qo'llash mumkin bo'lgan davolovchi kompozitsiyani olish texnologiyasida foydalanish uchun mo'ljallangan. Uning vazifasi yara bitkazuvchi malham va in`eksiya uchun eritma (mikroimplantat) sifatida qo'llash mumkin bo'lgan, tiklovchi va keng davolovchi (mikroblarga qarshi, yara bitkazuvchi, og'riqsizlantiruvchi) xususiyatlariga ega bo'lgan kollagen asosidagi ko'p maqsadli tarkibga ega bo'lishdan iborat.
02
июнь
2016
"Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining kasb etikasi" mavzusida tadbir
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori bilan tasdiqlangan "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari" ijrosini ta'minlash hamda xodimlarning estetik dunyoqarashini boyitish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida "Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining kasb etikasi" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti dosenti, falsafa fanlari nomzodi Husanov Bahodir Ergashevich so'zga chiqib, boshqaruv etikasi, boshqaruvning axloqiy talablari haqida seminar ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tdi. Bundan tashqari Davlat boshqaruvi organlari xodimi etikasining asosiy tamoyillari, rahbar va xodimlarning halollik, adolat, mas'uliyati, burch tamoyillariga asoslangan o'zaro hamkorlik madaniyati haqida
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2016 yil 5-soni nashrdan chiqdi
01
июнь
2016
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2016 yil 5-soni nashrdan chiqdi
"Rasmiy axborotnoma” ning 2016 yil 5-sonida quyidagi ma'lumotlar: - 42 ta ixtirolarga talabnomalar haqidagi; - Davlat reestrida ro`yxatdan o`tkazilgan 254 ta intellektual mulk ob'ektlari, jumladan, 17 ta ixtirolar, 5 ta foydali modellar, 4 ta sanoat namunalari, 169 ta tovar belgilari, 59 ta EHM uchun dasturlar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi; - ixtiro bo`yicha 1 ta, sanoat namunalari bo`yicha 1 ta, tovar belgilari bo`yicha 18 ta litsenziya shartnomalari; - tovar belgilari bo`yicha 11 ta huquqlarni boshqa shaxsga o`tkazish to`g`risidagi shartnomalar haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi.
Aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslama
31
май
2016
Aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslama
To’qimachilik sanoatida foydalaniladigan yangi qurilma yaratildi. Qurilma aylanma ikki ignadonli to’quv mashinalarida trikotaj matosini tortishga mo’ljallangan yo’naltiruvchi moslamasi bo’lib, u Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur model to’qimachilik sanoatida foydalanish uchun mo’ljallangan. Uning vazifasi aylanma tto’quv mashinalarida hosil bo’ladigan petlyali strukturaga ega bo’lgan trikotaj matoning tekisligini ta`minlashdan iborat.
Atopik dermatitni davolash usuli
30
май
2016
Atopik dermatitni davolash usuli
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi olimlari atopik dermatitni davolash usulini ixtiro qildilar. Usul tibbiyot, xususan, dermatologiya, chunonchi pediatriya va allergologiyada endogen intoksikasili atopik dermatitni davolashda qo’llanadi. Uning vazifasi simptomlar shkalasining dermatologik indeksini va og’irlik darajasi indeksi - SCORADni pasaytirish imkonini beradigan endogen intoksikasiya holatini pasaytirish, qo’shimcha holatlarni kamaytirishdan iborat.

Boshqa yangiliklar

06 декабрь 2017 E'lon!
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2