www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
Shrift: A A A Surat : Yashirish Ko'rsatish Сайт ранги : О Q K Oddiy holatga
» Raxbariyat

Raxbariyat


Bosh direktor
F.I.Sh. to‘g‘risidagi. : Fayzullaev Alisher Nasibullaevich
Lavozim: Bosh direktor
Telefon qabulxonada: (+998 71) 232 50 50 
faks: (+998 71) 232 50 05 
e-mail: info@ima.uz 
Kunlar qabul

Bosh direktor vazifalari


Bosh direktor vazifalari

    Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
    Agentlik tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni doirasida o'zgartirishlar kiritadi, Agentlikning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
    Agentlikning tarkibiy bo'linmalari to'g'risidagi Nizomlarni va xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
    Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
    o'z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan buyruqlar, farmoyishlar va yo'riqnomalar chiqaradi, ko'rsatmalar beradi;
    respublikada va chet davlatlarda Agentlik manfaatlarini ifodalaydi.
    O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, sohaga tegishli O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,     O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumat qaror va farmoyishlariga asoslanib ishni amalga oshiradi va Agentlik to'g'risidagi Nizomning bajarilishini tashkil qiladi;
    intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya kilish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta'minlaydi;
    Agentlik Hay'ati faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
    intellektual mulk sohasidagi faoliyat masalalari bo'yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni va o'rnatilgan tartibda     O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkil etadi;
    soha va Agentlik tizimining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish ishiga rahbarlik qiladi;
    Agentlikka qarashli davlat unitar korxonalari ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, ularning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;
    Agentlik tasarrufidagi davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish to'g'risida o'rnatilgan tartibda qaror qabul qiladi;
    moliyaviy institutlar, xorijiy davlatlar hukumatlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasi uchun ajratiladigan grantlaridan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi;
    xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, shuningdek xorijiy hamkorlar (etkazib beruvchilar) bilan xo'jalik shartnoma (bitim)larini imzolash ishlarini boshqaradi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
    intellektual mulkni muhofaza kilish sohasida xalqaro hamkorlikni, intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasi bo'yicha xalqaro, hukumatlararo bitim va shartnomalar loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishni tashkil etadi;
    mulkiy huquqlarni jamoviy asosda boshqaradigan tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, ularning faoliyatini nazorat qilish va ularga ko'maklashish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi;
    intellektual mulk sohasidagi huquq buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish, kontrafakt mahsulotlarning respublika hududiga olib kirilishi va aylanishining oldini olish borasida huquqni muhofaza qilish, bojxona, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish ishlarini boshqaradi;
    Agentlikning Huquqiy masalalar va xalqaro aloqalar bo'limi, Moliya-iqtisod bo'limi, Ma'muriy-xo'jalik bo'limi, Kadrlar bo'yicha inspektor, Intellektual mulk sohasidagi huquqlarga rioya qilinishi yuzasidan monitoring bo'limi, Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlarni nazorat qilish va davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limi, Patent hujjatlari va tashkiliy-tahliliy ishlar bo'limi hamda Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha O'quv markazi davlat unitar korxonasi faoliyatini nazorat qiladi;
    Agentlikning rasmiy byulletenlari va boshqa nashrlarini, shuningdek intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish hamda ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo'yicha boshqa ma'lumotlar va materiallarni nashr etishni tashkil kiladi;
    patent vakillarini attestatsiyadan va ro'yxatdan o'tkazish, patent vakillarining davlat reestrini yuritishni boshqaradi;
    patent hujjatlarining davlat fondini to'ldirish ishlarini, uning saqlanishini ta'minlash va shu asosda manfaatdor tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga kutubxona-bibliografiya, ma'lumotnoma-axborot xizmatlari ko'rsatishni tashkil qiladi;
    tadbirkorlik sub'ektlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi mansabdor shaxslarining, keng aholi qatlamlarining intellektual mulk sohasidagi bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, intellektual mulk sohasida kadrlar tayyorlash uchun o'quv-metodik bazaning rivojlantirilishini ta'minlash ishlarini boshqaradi;
    intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
    Agentlik Ilmiy-texnik Kengashi, Appelyatsiya kengashi Raisi hisoblanadi;
    intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun Agentlikning markaziy apparati va tizimidagi davlat unitar korxonalardagi ishlarning holati uchun javobgar hisoblanadi;
ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ish olib boradi;
    sudlarga da'vo arizasi bilan murojaat qilishni tashkil qiladi va sudlarda ishtirok etish uchun vakillarga ishonchnomalarni imzolaydi.


 
Bosh direktor o'rinbosari
F.I.Sh.: Bobojanov Maxsud Kalandarovich
Lavozim: Bosh direktor o'rinbosari
Telefon qabulxonada: (+998 71) 232 50 50 
факс: (+998 71) 232 50 05 
e-mail: info@ima.uz 
Kunlar qabul

Biografiya


Bobojanov Maqsud Qalandarovich haqida ma'lumot

• 1963 yilda tug`ilgan.
• Ma'lumoti oliy. Toshkent politexnika institutining elektr- muxandislik yo`nalishini tamomlagan.
• Texnika fanlari doktori.
• 1985-1996 y.y. Muxandis,assistent, Toshkent politexnika institut "Elektr ta'minoti" kafedrasi katta o`qituvchisi
• 1996-1997 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti "Elektr ta'minoti" kafedrasi dotsenti
• 1997-1998 y.y. "Shindler" (Shveysariya) firmasi "R&D" bo`limi tadqiqotchisi
• 1998-2001 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti "Elektr ta'minoti" kafedrasi dotsenti
• 2001-2002 y.y. Gelmut Shmidt (Germaniya) universiteti tadqiqotchi
• 2002-2003 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar bo`yicha prorektor o`rinbosari
• 2003-2006 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti va Gelmut Shmidt universiteti doktoranti
• 2006-2012 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti magistratura bo`limi boshlig`i, "Elektr ta'minoti" kafedrasi professori
• 2012 y. - h.v. O`zbekistan Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori o`rinbosari
• Oilali, uch nafar farzandi bor.



Bosh Direktor o'rinbosarining vazifalari


Bosh Direktor o'rinbosarining vazifalari

innovatsiya texnologiyalari va ixtirolar, ilmiy-texnika va sanoat ishlanmalari yaratilishini, seleksiya yutuqlarini, badiiy-konstruktorlik hamda ijodiyot ishlarining boshqa turlarini rag'batlantirish, ularni, shu jumladan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqarishga keng joriy etishni ta'minlash bo'yicha takliflar ishlab chiqish masalalarini boshqaradi;
    intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi;
    intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatga olish yuzasidan talabnomalarning rasmiy ekspertizasini tashkil etadi;
    ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqan joy nomiga nisbatan muhofaza hujjatlari berish yuzasidan talabnomalarni ko'rib chiqish uchun qabul qilishni tashkil qiladi;
    ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqan joy nomlari davlat ekspertizasini tashkillashtiradi; seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari davlat ekspertizasini tashkil etadi;
    berilgan talabnomalarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalariga ko'ra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi, tovar kelib chiqan joy nomiga, integral mikrosxemalar topologiyalariga nisbatan muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to'g'risida qarorlar qabul qilishni tashkillashtiradi;
    O'zbekiston Respublikasi Qishlok va suv xo'jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida arizada ko'rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalariga ko'ra muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to'g'risida qarorlar qabul kilish ishlarini tashkil qiladi;
    ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, ularga muhofaza hujjatlarini berish, O'zbekiston Respublikasidagi barchaga ma'lum bo'lgan tovar belgilarining tegishli reestrlarini va ro'yxatini yuritish masalalarini boshqaradi;
    intellektual mulk ob'ektlaridan foydalanishga huquqlar berish to'g'risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni o'zgaga to'liq yoki qisman berish haqida yoxud ularning garov huquqi to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish hamda tegishli reestrlarni yuritish masalalarini boshqaradi;
    intellektual mulkning rasman ro'yxatdan o'tkazilgan ob'ektlari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi;
    O'zbekiston Respublikasi hududida intellektual mulk ob'ektlaridan foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish ishlarini tashkil qiladi;
    intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlar bo'yicha qonun buzilishlariga yo'l qo'ymaslik va buzilgan huquqlarni tiklash, intellektual mulk ob'ektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, shu jumladan, nohalol raqobatga yo'l qo'ymaslik bo'yicha zarur chora-tadbirlar ko'rishni tashkil etadi;
intellektual mulk sub'ektlari huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish ishlarini tashkil etadi;
    intellektual mulk ob'ektlaridan konunga muvofiq foydalanilishini belgilash va ekspert xulosalari berish ishlarini tashkil qiladi;
    intellektual mulk ob'ektlarini yaratish va joriy etish, ularni huquqiy muhofaza qilish hamda himoya qilishning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ahamiyatini keng yoritish tadbirlarini amalga oshirish masalalarini boshqaradi;
    intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni tashkil etadi;
intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini tashkil etadi;
    jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish hamda ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo'yicha ariza va shikoyatlarini qonun hujjatlariga muvofiq ko'rib chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;
    Agentlikning Intellektual mulk ob'ektlarining rasmiy ekspertizasi bo'limi, Ixtirolarning davlat ilmiy-texnik ekspertizasi va foydali modellar ekspertizasi bo'limi, Sanoat namunalarining davlat ilmiy-texnik ekspertizasi va talabnoma berilgan belgilar ekspertizasi bo'limi, Intellektual mulk ob'ektlarini, huquqlarni berish to'g'risidagi shartnomalarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, ekspertiza kilish va muhofaza hujjatlarini berish bo'limi faoliyatini nazorat kiladi;
    o'z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan: - boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda ish olib boradi;
    - faoliyati bo'yicha nazorat qiluvchi Agentlik tarkibiy bo'limlarida ishlarni tashkil etish, ijrosini ta'minlash va ish holatini tanqidiy tahlil kilish uchun javobgar hisoblanadi.
скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 5