Joriy yilning 9 avgust kuni Intellektual mulk agentligining majlislar zalida soat 11-00 da “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi g'uzuridagi Intellektual mulk agentligida korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olish bo’yicha amalga oshirilаyotgan ishlar” mavzusida o'tkaziladigan Matbuot anjumanida ishtirok etish uchun barcha OAVlari taklif qilinadilar.
Axborot xizmati
31 may kuni soat 10-00 da O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi majlislar zalida "Intellektual mulkni himoya qilishning dolzarb masalalari" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Mazkur tadbirda intellektual mulkni himoya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha so'nggi yillarda Respublikamizda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek Agentlik tomonidan ularning hozirgi kundagi ijrosi to'g'risida fikr yuritiladi.
Barcha OAV jurnalistlari va muxbirlarini matbuot anjumanida qatnashishga taklif etamiz.
Axborot xizmati
Butunjahon Intellektual mulk tashkilotining "Eng yaxshi ixtiro" medali va "Intellektual mulk sohasida eng yaxshi korxona" mukofoti oliy kategoriyali maxsus mukofot bo'lib hisoblanib, ixtirochilik, ijodkorlik va innovasion faoliyatni rag’batlantirish, ixtirochilar, mualliflar imidjini yaratish va intellektual mulkni o'z faoliyatida effektiv foydalanuvchi milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida BIMT tomonidan ta'sis qilingan.
O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag'batlantirish, innovasion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish hamda yoshlarni innovasion ishlanmalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Eng yaxshi ixtiro", "Eng yaxshi foydali model", "Eng yaxshi sanoat namunasi", "Eng yaxshi seleksiya yutug'i", "Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma'lumotlar bazasi" hamda "Yoshlar o'rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi" nominasiyalari bo'yicha "Best IP - 2019" tanlovini e'lon qiladi.
Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari Toshkent shahrida Intellektual mulk agentligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorligida Mualliflik huquqiga hurmatni shakllantirish, raqamli muhitda kontrafakt va qaroqchilikka qarshi kurash bo’yicha subregional seminari tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirda BIMT tashkilotining mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar uchun “Mualliflik huquqiga hurmatni shakllantirishni ixtiyoriy choralari”, “Internet qaroqchilikni o'ziga xos xususiyatlari”, “Mualliflik huquqi bo'yicha zamonaviy yurisprudensiya”, “On-layn qaroqchilikka qarshi kurashda domen nomlari registratorining ahamiyati” kabi mavzularda ma'ruzalar qilinishi va davra suhbatlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Axborot xizmati
Joriy yilning 5 iyun kuni Intellektual mulk agentligi O'simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo'yicha xalqaro ittifoq (UPOV) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "O'simliklarning yangi navlarini patentlash" mavzuidagi Milliy seminar o'tkaziladi.
Tadbir qatnashuvchilari uchun respublikamiz mutaxassislari va xorijiy mutaxassislar tomonidan o'simliklar yangi navlari huquqiy muhofazasi, seleksionerlar tajribasi, talabnomalarni osonlashtirilgan ko'rinishda topshirish uchun vositalar va boshqalar to'g'risida ma'ruzalar qilinishi ko'zda tutilgan.
Joriy yilning 23-24 may kunlari Toshkent shahrida Intellektual mulk agentligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda "Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish" mavzusida milliy seminar-trening tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirda BIMT tashkilotining mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar uchun "Tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish fazalarida intellektual mulkni baholash", "Tijoratlashtirish bosqichlarida intellektual mulkni baholash" kabi mavzularda, shuningdek respublikamiz mutaxassislari tomonidan "O'zbekiston respublikasida intellektual mulkni baholash amaliyoti" mavzusida ma'ruzalar qilinishi va davra suhbatlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Axborot xizmati
Joriy yilning 14 aprelida Toshkent shahar iqtisodiy sudi binosida Agentlik tomonidan Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti" mavzusida o'quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.
O'quv-amaliy seminari tinglovchilari sifatida Oliy sud, Toshkent shahar iqtisodiy sudi, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi, Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Jizzax viloyati iqtisodiy sudi, hamda Toshkent shahrining barcha tumanlararo sudlari sudyalari qatnashadilar.
Seminarning asosiy maqsadi Intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko'rib chiqish tizimini yanada takomillashtirish va mazkur sohadagi sudlarda ishlarning mukammal ko'rib chiqilishini ta'minlash uchun respublikamiz sudyalarining intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan bo'lib, tadbir qatnashchilari uchun Rossiya Davlat Intellektual mulk akademiyasi mutaxassislari ma'ruzalar bilan ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Axborot xizmati