Intellektual mulk agentligi faoliyatiga doir axborotlar tasnifi
Quyidagi axborotlar Intellektual mulk agentligi faoliyati toʼgʼrisidagi axborotlar hisoblanadi:
Agentlik huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;
Agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʼz kuchini yoʼqotgan deb topish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan oʼtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlikning davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan oʼtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Boʼsh ish oʼrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʼsh ish oʼrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlik tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Agentlikning faoliyati toʼgʼrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga quyidagi axborotlar joylashtiriladi:
Intellektual mulk agentligi huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar:
Intellektual mulk agentligi faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy, normativ va boshqa hujjatlarga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni oʼz kuchini yoʼqotgan deb topish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tomonidan oʼtkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferentsiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Аmalga oshirilishida Agentlik ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi faoliyati sohasiga taalluqli boʼlgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish surʼatini tavsiflovchi asosiy koʼrsatkichlar haqidagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʼrsatkichlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tomonidan oʼtkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Boʼsh ish oʼrinlari, ishga qabul qilish shartlari va boʼsh ish oʼrinlarini egallash uchun nomzodlarga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tomonidan tuzilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi rahbariyati toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma tarzidagi axborot (fuqarolarni qabul qilish kunlari va hokazo);
Intellektual mulk agentligi ish tartibi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, ularning telefon raqamlari hamda pochta manzillari, elektron pochta manzillari, maʼlumot xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari, jamoat transportining qatnov yoʼllari, toʼxtash joylarining nomlari va yoʼnalish raqamlari;
Intellektual mulk agentligi rahbariyati, shuningdek ushbu organlar tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar chiqishlarining hamda bayonotlarining matnlari;
Intellektual mulk agentligi huzurida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish tartibi toʼgʼrisidagi axborot;
Intellektual mulk agentligi tomonidan koʼrsatiladigan davlat xizmatlarining roʼyxati;
Intellektual mulk agentligi faoliyati toʼgʼrisidagi tahliliy maʼruzalar hamda axborot tusidagi sharhlar;
Аriza, taklif va shikoyatlarni qabul qilish tartibi toʼgʼrisida axborot;
Intellektual mulk agentligi faoliyati toʼgʼrisida axborot olishga doir soʼrovlarni qabul qilish tartibi haqidagi axborot;
Kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʼgʼrisida axborot olishga doir soʼrovlarni koʼrib chiqishning umumiy natijalari haqidagi axborot.
Intellektual mulk agentligi faoliyati toʼgʼrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Quyidagilar Intellektual mulk agentligi faoliyatiga doir foydalanilishi cheklangan maʼlumotlar roʼyxatiga kiradi:
Intellektual mulk agentligi xodimlari shaxsiy maʼlumotlari;
Intellektual mulk agentligi shtatlar taqsimoti va uning jamlanganligiga doir maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi xodimlarining lavozim yoʼriqnomalari boʼyicha maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi ekspertiza-qidiruv faoliyatiga doir maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi tasarrufidagi moddiy va nomoddiy aktivlar miqdori haqidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligi rahbar xodimlari huzurida oʼtkazilgan tezkor yigʼilishlarga doir maʼlumotlar;
Intellektual mulk qonunchiligi buzilishi holatlariga aloqador shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Intellektual mulk agentligiga ishonch telefoni orqali xabar bergan shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
Davlat byudjetiga undirilgan va undirilishi rejalashtirilgan toʼlovlar miqdori boʼyicha maʼlumotlar (rasmiy eʼlon qilingan maʼlumotlar bundan mustasno);
Yuridik va jismoniy shaxslarning shaxsiy va tijorat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar;
“Xizmatda foydalanish uchun”, “Maxfiy” va “Oʼta maxfiy” grifli hujjatlar va ularning ijrosiga doir maʼlumotlar.
Ushbu roʼyxatga kiritilmagan maʼlumotlardan foydalanishning cheklanishi Agentlik rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.