www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» Yagona telefon xizmati

Yagona telefon xizmati


Yagona telefonga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) 232 50 42 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish mas'ul Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi. 
 
 

O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati bo'yicha

Yagona telefoniga keladigan murojaatlarni ko'rib chiqish ish tartibi

O'zbekiston Respublikasi Intellektula mulk agentligi (keyingi o'rinlarda – "Agentlik” deb yuritiladi) faoliyati bo'yicha Yagona telefoniga jismoniy va yuridik shaxslardan keladigan murojaatlarni ko'rib chiqish mazkur ish tartibi Yagona telefon tarmog'i orqali tushgan murojaatlarni qabuli, qayd etilishi va ko'rib chiqilishi tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar.

1.1. Yagona telefon Agentlikning jismoniy va yuridik shaxslar bilan ularning murojaatlari bo'yicha bevosita aloqada bo'lish vositasidir.

1.2.Ushbu Ish tartibida quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

Yagona telefon – Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Agentlikning faoliyati bo'yicha telefon orqali murojaatlarini qabul qiluvchi texnik vosita.

Yagona telefonni texnik ta'minoti – Yagona telefonni o'rnatish va ish holatida saqlash.

Operator – Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qiluvchi, qayd etuvchi va hujjatlashtiradigan Agentlik tomonidan tayinlangan vakolatli mansabdor shaxs;

jismoniy va yuridik shaxs – Yagona telefonga murojaat etgan shaxs.

II. Ягона телефон тармоғини ишлашини таъминлаш учун

зарур ишчи кучи ва пул маблағлари

2.1. Yagona telefon xizmati bo'yicha umumiy rahbarlikni Agentlikning Patent hujjatlari va tashkiliy tahliliy ishlar bo'limi tomonidan amalga oshiradi. Unga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

Yagona telefon xizmatini tashkillashtirish va tizimlashtirish;

Yagona telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlilini olib borish;

tahlil natijalari va unga asosan shakllantirilgan xulosalarni Agentlik Bosh direktoriga taqdim etish;

Operator ishini hamda Yagona telefon orqali kelib tushgan murojaatlarni hal etish holati bo'yicha nazorat va monitoring ishlarini olib borish.

2.2. Yagona telefon orqali tushgan murojaatni bevosita qabul qilish, qayd etish hamda hujjatlashtirishni ta'minlash ishlarini Operator amalga oshiradi.

2.3. Yagona telefonning ishlashi kunning ish vaqtida ta'minlanadi. Ushbu maqsadda Yagona telefon tizimi uni normal holatda ishlashiga imkon beruvchi Agentlikning maxsus ajratilgan va tegishli ravishda jihozlangan xizmat xonasida o'rnatiladi.

2.4. Agentlik:

Yagona telefon ishiga mas'ul shaxs tayinlanishini;

Yagona telefon orqali tushadigan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va hujjatlashtirilishini, har kungi murojaatlarni matn shakliga keltirishni;

Yagona telefon orqali olingan murojaatlar, so'rovlar matnini Agentlik Bosh direktoriga taqdim etilishini; yozib olingan axborotni saklanishini ta'minlaydi.

 

2.5. Yagona telefon xizmati bo'yicha umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi mas'ul shaxs Yagona telefonni texnik yaroqliligi hamda uzluksiz ishlashini ta'minlaydi (muloqotni olib borish, telefon apparatida trubkani qo'yish holatini nazorat qiladi va boshqalar).

 

2.6. Yagona telefon raqami Agentlikning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Agentlik egallab turgan hamma kirishi mumkin bo'lgan xona va (yoki) boshqa ajratilgan joylarda faoliyati to'g'risidagi axborot bilan axborotdan foydalanuvchilar tanishishi uchun mo'ljallangan axborot stendlari va (yoki) shunday maqsad uchun mo'ljallangan boshqa texnik vositalariga joylashtiriladi.

 

III. Yagona telefon orqali kelgan murojaatlarni qabul qilish, hujjatlashtirish va tegishli tarkibiy tuzilmalarga jo'natish.

3.1. Yagona telefonga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) 232 50 42 telefon raqami orqali amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish mas'ul Operator tomonidan dushanbadan jumagacha (bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

3.2. Yagona telefon orqali murojaatlarni qabul qilish real vaqt rejimida operator hamda jismoniy va yuridik shaxs o'rtasidagi suhbat shaklida amalga oshiriladi.

3.3. Yagona telefon tizimida chaqiriq signali kelganda Operator abonent bilan suhbatga kirishadi hamda unga Agentlikka murojaat qilish, shuningdek, Yagona telefon bo'yicha murojaatni taqdim etish tartibini tushuntiradi.

3.4. Ko'rsatilgan ma'lumotlar e'lon qilingandan keyin, Operator murojaat qiluvchiga o'zini tanishtiradi: "O'zbekiston Respublikasi Intellektula mulk agentligining Yagona telefoni, Sizni eshitaman”. So'ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. Yagona telefon orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so'rovlari va operatorning aniqlashtiruvchi savollarini erkin usulda berilishidan tashkil topgan bo'ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq etkazib berolmasa, Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan odob bilan so'rovnoma o'tkazadi.

3.5. Erkin suhbat davomida Operator murojaat qilgan jismoniy shaxsni xulqini tahlil etib, uning so'zida mumkin bo'lgan ruhiy chekinishlar belgilarini aniqlaydi, shuningdek, ruhiy chekinish alomatlari mavjud shaxslarni axboroti ishonchliligini ham inobatga olishi kerak. Aloqa qaerdan ulanganligini ham aniqlanadi – chet eldanmi yoki O'zbekiston hududidanmi. Keyinchalik, odob bilan Operator murojaat qilgan shaxsni savollarga javob berish uchun vaqti mavjudligini aniqlashtiradi, telefon raqamini beraoladimi yoki boshqa aloqa usuli bilan u bilan bog'laniladimi, familiya, ismi va otasining ismini so'raydi. Agar unda biron-bir hujjat yoki hujjatga oid material mavjud bo'lsa, jismoniy shaxsga faks orqali yoki elektron pochta orqali Agentlikning rasmiy elektron manziliga yuborishni taklif etadi.

3.6. Operator tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona telefoniga murojaatlari hujjatlashtiriladi, ya'ni murojaatlar qayd etiladi va hisobi yuritiladi. Murojaat qayd etilganidan so'ng, usha kundan kechiktirmasdan Agentlik Bosh direktoriga murojaat matni bajaruvchilarini tayinlash uchun beriladi. Qayd etish kitobi raqamlanadi va tikilib, muhrlanadi. (1-ilova)

3.7. Operator har kuni 18-00 holatiga Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarning yagona ma'lumotini tayyorlaydi.

3.8. Ma'lumotda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarni soni, xususiyati va qisqacha mazmuni aks ettiriladi. (2-ilova)

3.9. Murojaatlar bo'yicha tuzilgan yagona ma'lumot keyingi kun soat 10:00 gacha Bosh direktor qabulxonasiga taqdim etiladi.

3.10. Agentlikning Patent hujjatlari va tashkiliy tahliliy ishlar bo'limiboshlig'i har chorakda Yagona telefon orqali tushgan murojaatlarni tahlilini amalga oshiradi va tahlilni Bosh direktorga taqdim etadi.

IV. Javobgarlik

4.1. Murojaatlar to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, ushbu Ish tartibi bo'yicha yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.

.docYuklab olish [ Jami: 38 Kb | Yuklab olishlar soni: 8 ]

скачать софт

Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3