Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi majlislar zalida 26 aprel - Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan an’anaviy o’tkaziluvchi eng yaxshi intellektual mulk obyekti “Best IP – 2022” tanlovi g’oliblari hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining “Ixtirochilik uchun”, “Ijodkorlik uchun” medallari va “Intellektual mulk sohasidagi eng yaxshi korxona” mukofoti bilan taqdirlash marosimi o’tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda II Respublika “Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida “Nashriyotlar faoliyatida mualliflik huquqlariga rioya etilishi ahamiyati” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston noshirlar va kitob sadosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika nashriyotlari rahbarlari, bosh muharrirlar, dizayner - rassomlar, matbaachilar, OAV vakillari ishtirok etishdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 15-aprelda “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–764-sonliQonun imzolandi.
Qonunda sohadagi asosiy tushunchalarga taʼrif berilgan. Unga koʻra, kiberjinoyatchilik – axborotni egallash, uni oʻzgartirish, yoʻq qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy taʼminot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yigʻindisi hisoblanadi.
Kibermakon esa – axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhitdir. Shuningdek, qonunda boshqa koʻplab zaruriy atamalarga ham izoh berilgan.
Qonunga koʻra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 12-aprelda “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ–763-son Qonuni imzolandi.
Qonunga koʻra, toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat:
vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik (shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy ichida bajarolmaslik);
doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mamlakatimiz hududida adabiy-badiiy asarlarning kontrafakt nusxalarini tarqalishiga qarshi o‘zining tanqidiy munosabatini bildirayotgan ommaviy axborot vositalariga oʻz minnatdorchiligini bildirgan holda quyidagilarga e’tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Mualliflik huquqi deyilganda fan, adabiyot, sanʼat sohasida yaratilgan ijodiy faoliyat natijalari hamda turdosh huquqlar tushuniladi.
Mualliflik huquqi intellektual mulkning boshqa obyektlari, jumladan tovar belgilari, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va hokazolar kabi ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi, aksincha mualliflik huquqi uning yaratilish fakti bilan yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Shu munosabat bilan mazkur huquqlarning buzilish holatlarini aniqlash tovar belgisi kabi obyektlarga bo‘lgan huquqlarning buzilishi holatlarini aniqlashga nisbatan murakkabdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar joriy etiladi:
▫️qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda toʻlovlarni 3 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;
▫️boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha kamida 35 foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur mulklarni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi.
Интеллектуал мулк объекти патентлангандан сўнг унга нисбатан мутлақ ҳуқуқларни қўлга қиритган шахс қандай ваколатларга эга бўлади?
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик Кодекси 1034-моддасида қуйидагилар белгиланган:
■ Интеллектуал фаолият натижасига ёки хусусий аломатларни акс эттирувчи воситага нисбатан мулкий ҳуқуқлар эгасига ана шу интеллектуал мулк объектидан ўз хоҳишига кўра ҳар қандай шаклда ва ҳар қандай усулда мутлақ қонуний фойдаланиш ҳуқуқи тегишли бўлади.
Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi toʼgʼriligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.
Rasmda PALMOLIVE va HACI SAKIR tovar belgisi kontrafakt namunasi keltirilgan. Shampun nomini diqqat bilan o'qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o'zgartirilganini ko'rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.
Butun dunyoda yangi ijod namunalari yaratilishi ortidan mualliflik huquqlari buzilishi ham ko’plab uchraydigan jarayon. Aslida mualliflik huquqini buzib, o’zlashtirgandan ko’ra shaxsning o’zi mustaqil tarzda ijod namunasini yaratishi sud tortishuvlari hamda katta jarimalardan chetda bo'ladi.
Quyida mualliflik huquqlarini buzib, ortidan sudga qatnagan hamda jarimalarga tortilgan voqealar bilan tanishish mumkin.
Eynshteyn va General Motors
GMC Terrain krossoverining Amerika avtomobil bozoriga kirishi janjal bilan boshlanadi. General Motors kompaniyasi “People” jurnalining maxsus sonida yangi avtoulov uchun reklama e'lon qilishi natijasida sudga beriladi. Gap shundaki, reklama posterida yelkasida "E=mc2" formulasi aks etgan sportchi qiyofasidagi Eynshteyn tasvirlangan edi. Bu esa sud tortishuvlariga sabab bo'ladi.
Ўзбекистон Республикасининг «Ихтиролар, фойдали моделлар ва саноат намуналари тўғрисида»ги қонунига кўра қуйидагилар ихтиро сифатида эътироф этилмайди:
■ илмий назариялар ва математика усуллари;
■ ташкил этиш ва бошқариш усуллари;
■ шартли белгилар, жадваллар, қоидалар;
Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi toʼgʼriligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.
Rasmda MARS, BOUNTY, SNICKERS, PALMOLIVE, CLEAR, КАПЛЯ tovar belgisi kontrafakt namunalari keltirilgan.
Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasi ruxsatisiz hamda iste'molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko'pchilik tadbirkorlar jarangdor tovar belgilaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.
O'zbekiston Respublikasi «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida»gi qonuniga ko’ra, patentning amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Аgentlik tomonidan uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi Аgentlik tomonidan belgilanadi.
Patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Аgentlik tomonidan:
- ixtiro patenti 5 yildan ko'p bo'lmagan muddatga,
- sanoat namunasi patenti 5 yilga,
- foydali model patenti 3 yilga uzaytirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–759-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq, ID-karta tushunchasi, ID-katadan foydalanishga oid qoidalar, fuqarolar turar-joyi davlat ehtiyojlari uchun olib qo'yilganda uning o'rniga uy-joy berish tartibi kabi normalar o'rin olgan.
Qonun bilan biometrik pasport oʻrniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.
O'zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonuni 10-moddasiga binoan
- davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
- farqlash xususiyatiga ega boʼlmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);
- muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʼlgan belgilar (termos, choynak, ko'za, savat);
- umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go'zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh).
Shotlandiyaning Edinburg shahrida 1988-yilda dunyoga kelgan Freyzer Doerti o’zining brendini yaratgan yosh tadbirkorlardan.
Freyzer 14 yoshida buvisining murabbo bo’yicha retseptlari ustida turli tajribalar o‘tkazib ko‘radi.
Tajribalari natijasida uydagi bor masalliqlardan tayyorlangan ilk murabbolar kichik idishlarga solinib, qo‘shnilarga sotiladi va kutilmaganda ommalashib ketadi. Murabbo retsepti originalligi uning yuz foiz tabiiy mahsulotdan tayyorlanib, umuman shakar qo’shilmaganida edi. Murabbo tarkibida faqat meva va meva sharbati bor edi.
Ma'lumki, COVID-19koronavirus infeksiyasi odamlarning turli guruhlariga turli darajada ta'sir qiladi.
Virus yo'talish, hapshirish yoki gaplashish paytida havoga purkalgan virusli tomchilarni nafas olish orqali yuqtirish mumkin, shuningdek, virusning sirtga tushishi va keyinchalik ko'z, burun yoki og'izga kirishi orqali tarqaladi.
Dastur Covid-19 kasalligida zotiljam asoratlari kechishining klinik xususiyatlari va diagnostik me’zonlarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
FILA – 1911-yilda aka-uka Fila tomonidan Italiyaning Biella provinsiyasida tashkil etilgan.
Dastlab FILA faoliyatini ichki kiyim ishlab chiqarishdan boshlagan.
1970-yillarning boshlariga qadar brend haqida juda kam odam bilar edi. Ammo 1973- yilda FILA yosh shved tennischisi 17 yoshli Byorn Borg bilan shartnoma imzolaydi. Aynan mazkur shartnoma tufayli FILA juda taniqli brendga aylanadi. Sababi tennischi Borg Katta dubulg’a turnirining 11 karra chempioni bo’ladi va bu brendga ulkan mashhurlik keltiradi.
Epilepsiya – ya’ni tutqanoq, bosh miyaning surunkali kasalligi bo’lib, koʼpincha hushdan ketish, bemor shaxsining oʼzgarishi, ayrim hollarda aqliy qobiliyatning susayib borishi bilan kechadi.
Kasallikni keltirib chiqaruvchi quyidagi sabablar tez-tez uchrab turadi: bosh miya jarohati, insult, bosh miya oʼsmasi, tugʼruq jarayonida kislorod va qon-tomir yetishmovchiligi, miya tuzilishining buzilishi (malformatsiyalar), meningit, virus va parazitar kasalliklar, miya abstsessi (yiringlashi).
Ixtiro nafas olish tizimining fiziologik funksiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan, shamollashning oldini oluvchi va organizmni dovolovchi biologik aktiv qo'shimchalarni o’z ichiga oladi.
Ixtiro tomonidan qo’yilgan vazifa shundan iboratki, bunda tananing butun siklini minimal muddatda davolashni amalga oshiruvchi dorivor o'simliklar tarkibiga ega bo'lgan biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqishdir.
Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi toʼgʼriligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.
Rasmdagi tovar nomini diqqat bilan o'qisangiz ulardagi harflar almashtirilganini ko'rishingiz mumkin. Masalan, PANTINES, PAMELLOVE - bular kontrafakt mahsulot sanaladi.