O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 1-martda “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–81-son Farmoni imzolandi.
Farmon bilan Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Qoʻmita) hamda uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi.
Qoʻmita oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qaroriga ko'ra dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga berilishi belgilandi.
Qarorning maqsadi quyidagidan iborat: aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish va qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash.
Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi barcha munis, latofatli, mehribon va aziz ayollarimizni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Аyollar tabiat qalb qoʼri, goʼzallik inʼikosi, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-gʼayrat manbaidir!
Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti ayollar zakosi, bilimdonligi, oiladagi sarishtaligi, jonkuyarligi bilan chambarchas bogʼliq. Shu jihatdan yurtimizda ayollar barcha jabhada faoliyat yuritib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshib kelishmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to'g'risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida" 2022-yi 22-fevraldagi 86-son qаrоri qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, ruxsatnoma olish uchun ariza berish, koʻrib chiqish, qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish, ularni oʻzgartirish, bekor qilish va tugatishning yagona tartibi belgilandi.
Qaror bilan 27 ta ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning pasportlari tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 3-martda “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.
Qonunga koʻra, geografik koʻrsatkich tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgidir.
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Geografik koʻrsatkich muayyan geografik obyektda joylashgan va ushbu obyektning nomidan oʻzi ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun foydalanayotgan bir necha yuridik yoki jismoniy shaxsning talabnomasiga koʻra roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Diqqat kontrafakt!
Bugun bayram shukuhi. Bayram munosabati bilan xotin-qizlarimizni, munis onalarimizni tabriklash uchun ularga sovgʼalar xarid qilinadi. Shu oʼrinda Intellektual mulk agentligi bayram oldi xaridda ehtiyot boʼlishingizni eslatib oʼtadi!
Yuqoridagi rasmda ham asl atir mahsuloti va kontrafakt atir taqqoslangan.
Аyollarimizga sovgʼalarni xarid qilishdan oldin uni kontrafakt emasligiga ishonch hosil qiling. Kontrafaktga duch kelgan taqdirda ularni aslo xarid qilmang.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika miqyosida 15-fevraldan 15-martga qadar "Kontrafaktsiz oy" oyligi boʼlib oʼtmoqda. Ushbu oylikda faol boʼlib, yaqinlarimizni kontrafakt mahsulotlarni sotib olmaslikka va ularga bunday mahsulotlarni bermaslikka harakat qilaylik!
Eslab qoling, kontrafakt aslidek boʼlmaydi!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlami tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qaroriga ko'ra dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi belgilandi.
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi hamda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʼlimi bilan hamkorlikda "Mualliflik huquqi qonun himoyasida" mavzusida konferensiya o'tkazildi.
Ta'kidlanganidek, ijod namunalaridan ruxsatsiz foydalanish, ularning kontrafakt nusxasini tarqatish mualliflarni qiynab kelayotgan muammalordan sanaladi. O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning oʼziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi koʼrsatilishiga biron-bir oʼzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yoʼl qoʼyiladi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan “Rayhon” jamlama koʼrinishidagi restoran va kafe xizmatlarini koʼrsatish tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qoʼyildi.
Markaz xodimlari tomonidan huquqbuzarga xizmat ko`rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ma'muriy javobgarlik belgilangani haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, tadbirkorga o'z tovar belgisini yaratish va uni himoya qilish bo'yicha huquqiy maslahat berildi.
Kadirov Amir, Markaz xodimi:
- O'zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi. Aholiga intellektual mulk obyektlariga bo'lgan huquqni hurmat qilish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilishi o'z samarasini bermoqda va ko'pchilik bunga ijobiy yondashib o'z brendini yaratishga harakat qilmoqda.
"Kontrafaktsiz oy" oyligida aniqlangan kontrafakt mahsulotlar
Mahsulotlar nomini diqqat bilan o'qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o'zgartirilganini ko'rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.
Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasi ruxsatisiz hamda iste'molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko'pchilik tadbirkorlar o'zgalarning jarangdor brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan respublika miqyosida 15-fevraldan 15-martga qadar "Kontrafaktsiz oy" oyligi o‘tkazilyapti.
Oylik doirasida:
• Respublika hududida kontrafakt mahsulotlarning aylanmasiga qarshi kurash olib boriladi.
• Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bozorlarda, savdo majmualari va ko‘chma savdo maskanlarida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlar o‘tkaziladi.
• OAV orqali fuqarolarning mazkur sohada huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot chiqishlar keng yo‘lga qo‘yiladi.
• Kontrafakt mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni ogohlantirish va noqonuniy harakat uchun javobgarlik mavjudligi borasida tushuntirish ishlari olib boriladi.
• “Brend yaratishning huquqiy aspektlari” mavzusida tadbirkorlik sub’ektlari bilan mahorat darslari o‘tkaziladi.
Agar kontrafakt mahsulotga duch kelsangiz @ima_monitoring_bot ga xabar bering.
Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Yuqoridagi rasmda "Sofra", "Hayot", "Hisar" kabi jarangdor tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Ular bilan tanishish orqali balki Sizda ham o'z brendingizni yaratish g'oyasi paydo bo'ladi.
Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
"Kontrafaktsiz oy" oyligida Intellektual mulk himoyasi markazlari kontrafakt mahsulotlarga qarshi profilaktika ishlari olib bormoqda.
Hurmatli isteʼmolchilar! Mahsulot xarid qilganda uning nomi toʼgʼriligiga ishonch hosil qiling, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlarni tekshirib oling.
Mahsulotlar nomini diqqat bilan o'qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o'zgartirilganini ko'rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.
"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida hududlarda Intellektual mulk himoyasi markazlari tomonidan yirik savdo majmualari, markaziy dehqon bozorlarida kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazilmoqda.
Yurtimizda "Kontrafaktsiz oy" oyligi keng targ'ib etilmoqda
Intellektual mulk agentligining hududlardagi Intellektual mulk himoyasi markazlari tomonidan aholi gavjum maskanlar va savdo majmualarida "Kontrafaktsiz oy" oyligi haqida bannerlar joylashtirilimoqda.
Xususan, Jizzax, Andijon, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari markaziy dehqon bozorlarida aholini kontrafakt mahsulotlardan ogohlikka chaqiruvchi bannerlar joylashtirildi.
"Kontrafaktsiz oy" oyligi 15-fevraldan 15-martgacha davom etadi.
Qashqadaryo viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan xizmat ko`rsatish belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qo'yildi.
Markaz xodimlari tomonidan Qarshi shahrida joylashgan xizmat ko`rsatish obyekti peshlavhasida "SHADOZI" tovar belgisidan mahalliy tadbirkor tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, "Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.
"Kontrafaktsiz oy" oyligi keng targ'ib etilmoqda
Yurtimizda 15-fevraldan 15-martgacha "Kontrafaktsiz oy" oyligi o'tkazilmoqda.
Intellektual mulk agentligining hududlardagi Intellektual mulk himoyasi markazlari tomonidan aholi gavjum maskanlar va savdo majmualarida "Kontrafaktsiz oy" oyligi haqida bannerlar joylashtirilimoqda.
"Kontrafaktsiz oy" oyligida aniqlangan kontrafakt mahsulotlar.
Oylik doirasida Intellektual mulk himoyasi markazlari tomonidan tadbirkorlarga kontrafakt mahsulot sotganlik uchun javobgarlik belgilangani tushuntirilmoqda hamda kontrafakt mahsulot savdosi bilan shug'ullanishni to'xtatish haqida ogohnomalar tarqatilmoqda.
Hurmatli fuqarolar 15-fevraldan 15-martgacha "Kontrafaktsiz oy" oyligida faol ishtirok eting!
Agar kontrafakt mahsulotga duch kelsangiz @ima_monitoring_bot telegram kanaliga xabar bering!
"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida Xorazm viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Urganch markaziy dehqon bozori hamda Urganch shahrida joylashgan P.Mahmud va A.Bahodirxon ko'chalarida joylashgan savdo majmualarida kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazildi.
Targ'ibot-tashviqot davomida sotuvchilarga tovar va xizmat ko'rsatish belgisi, kontrafakt mahsulotlar haqida tushunchalar berildi.
"Kontrafaktsiz oy" oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Qarshi markaziy dehqon bozorida kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazildi.
Targ'ibot-tashviqot davomida sotuvchilarga tovar va xizmat ko'rsatish belgisi, kontrafakt mahsulotlar haqida tushunchalar berildi.
Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Yuqoridagi rasmda "Rizq", "Farzu", "Nurxon" kabi jarangdor tovar belgilarini ko'rishingiz mumki