Qoraqalpog'iston Respublikasi Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Nukus dehqon bozorida kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazildi.
Targ'ibot-tashviqot davomida sotuvchilarga tovar va xizmat ko'rsatish belgisi, kontrafakt mahsulotlar haqida tushunchalar berildi hamda kontrafakt mahsulot sotuvi ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi haqida ogohnoma tarqatildi.
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Hukumatlar rahbarlari kengashining 2021 yil 28 may kuni Minsk shahrida "Soxta tovar begilari va geografik koʼrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va xabardor qilish boʼyicha MDH ishtirokchi – davlatlari hamkorligi toʼgʼrisida"gi Bitim imzolangan edi.
2022-yil 7-fevralda esa Oʼzbekistonda “MDH ishtirokchi – davlatlarining soxta tovar belgilari va geografik koʼrsatkichlardan foydalanishning oldini olish va unga chek qoʼyish boʼyicha hamkorligi toʼgʼrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi OʼRQ-751-son Qonuni qabul qilindi.
Siz mahsulot xarid qilganda uning qadogʼiga, yozuviga eʼtibor qaratasizmi?
Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlashni bilasizmi?
Mahsulotni xarid qilishda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqida oʼylab koʼrganmisiz?
Javob berishga qiynalsangiz quyidagi infografikadan maʼlumot olishingiz mumkin!
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida “Kontrafaktsiz oy” oyligini oʼtkazish yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo'mitasi, Davlat soliq qo'mitasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiylar agentligi, Axborotlashtirish va telekomunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish himoya qilish agentligi, Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Intellektual mulk agentligi direktori To'lqin Abdusattarov kirish so'zi bilan ochib berdi. Ta'kidlanganidek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son qaroriga asosan respublika boʼylab har yili 15-fevraldan 15-martga qadar kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi real samarali kurashishni koʼzda tutuvchi hamda targ‘ibot-tashviqot ruhi bilan sug‘orilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligini oʼtkazish belgilangan.
Aziz yurtdoshlar!
Ma'lumki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi "Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-4965-son qarorida har yili Respublikamizda 15-fevraldan 15-martgacha "Kontrafaktsiz oy" oyligi o'tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida 2022-yil 15-fevraldan 15-martga qadar "Kontrafaktsiz oy" oyligi o'tkaziladi.
Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Yuqoridagi rasmda "G'imjima", "Al-Halil", "inova" kabi jarangdor tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Sirdaryo viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Yangiyer dehqon bozorida kontrafakt mahsulotlar sotuviga qarshi targ'ibot va profilaktika tadbirlari o'tkazildi.
Targ'ibot-tashviqot davomida sotuvchilarga tovar va xizmat ko'rsatish belgisi, kontrafakt mahsulotlar haqida tushunchalar berildi hamda kontrafakt mahsulot sotuvi ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi haqida ogohnoma tarqatildi.
Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Tanlov Respublikada eng yaxshi intellektual mulk obyektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag'batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilmoqda.
Tanlovda ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanadi:
- "Eng yaxshi ixtiro";
- "Eng yaxshi foydali model"
- "Eng yaxshi sanoat namunasi"
- "Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va maʼlumotlar bazasi"
- "Eng yaxshi seleksiya yutugʼi obyektlari"
- "Oʼsmirlar oʼrtasida eng yaxshi EHM dasturi muallifi"
Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida ulugʼ mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan buyuk shoir tavalludiga bagʼishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Аgentlik xodimlari, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti oʼqituvchisi ishtirok etishdi.
Navoiyni oʼrganish Navoiy zamonidan boshlangan edi. Shoirning ustozi Аbdurahmon Jomiy oʼz davridayoq Navoiy haqida koʼplab maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Qolaversa, Davlatshoh Samarqandiy, Xondamir, Mirxondning asarlarida ham Navoiy haqida iliq fikrlar yozilgan.
Ushbu ixtiro neyropatik og'riqlarga qarshi kurashda foydalanish uchun farmatsevtik kompozitsiyaga/formulaga tegishli.
Neyropatik og'riq nervlarning signallari bilan bog'liq muammolar tufayli yuzaga keladigan og'riq sifatida tavsiflanadi. Neyropatik og'riq shikastlanish, kuyish, bosim va boshqalar natijasida kelib chiqadigan odatdagi og'riqlardan farq qiladi.
Neyropatik og'riqlar periferik yoki markaziy asab tizimining shikastlanishi yoki disfunksiyasi tufayli yuzaga keladi.
Brand Finance kompaniyasi o'z veb-saytida dunyoning eng qimmat 50 futbol brendlari ro'yxatini taqdim etdi.
Reyting peshqadami "Real" bo'lib, uning brend qiymati 1,276 milliard yevroga teng. Ikkinchi o'rinni "Barselona" egalladi (1,266 milliard). Eng qimmat brend uchligini "Manchester Yunayted" yopib, 1,130 milliard yevroga baholandi.
New York Times ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur Wordle jumboq soʻzni topish onlayn-oʻyinini sotib olganini eʼlon qildi.
Mashhur nashr oʻyinni $1 mln.dan koʻproqqa sotib olgan.
Gazeta jumboq va krossvordlar uchun alohida obunaga egaligiga qaramasdan, Wordle bepul qoladi.
Qandli diabet bugungi kunda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ushbu kasallik bilan bemorning oyog'ida qon aylanishi buziladi, sezgirlik yo'qoladi, to'qimalar o'ladi, qon tomirlari ta'sirlanadi, osteoartropatiya tufayli oyoq deformatsiyasi paydo bo'ladi va og'riq sezish imkoni bo'lmagan izlar paydo bo'ladi.
Qandli diabet bilan kasallangan bemorning oyog'i alohida e'tibor talab qiladi. Oyoqda yoriqlar va hatto minimal shilinmalar paydo bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi, chunki bunday bemorlarda yaralar bitishi juda qiyin kechadi. Bu esa gangrenaga va oyoq-qo'llarning amputatsiyasiga olib kelishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Endilikda, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun yuridik shaxslar 54 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Brend - kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.
Yuqoridagi rasmda "ildam", "vohtida", "oson" kabi milliy tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Ular bilan tanishish orqali balki Sizda ham o'z brendingizni yaratish g'oyasi paydo bo'ladi.
Jizzax viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan xizmat koʻrsatish belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qoʻyildi.
Markaz xodimlari tomonidan Jizzax shahrida joylashgan savdo obyekti peshlavhasida “GENERAL" xizmat koʻrsatish belgisidan ruxsatsiz hamda isteʼmolchini adashtirib yuborish darajasida foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. Vaholanki, mazkur brend fuqaro K.Kadirova tomonidan 2021-yilda 35-sinf bo'yicha ro'yxatdan o'tkazilib, MGU 43155 sonli guvohnoma asosida muhofazaga olingan.
Natijada Markaz tomonidan huquqbuzarlik uchun taqdimnoma rasmiylashtirildi va xizmat koʻrsatish belgisi doʻkon peshtoqidan olib tashlandi.
Intellektual mulk agentligi ijtimoiy tarmoqlarda "Berlin Chemie AG Menarini Group" kompaniyasining "Dikloberl N" dori vositasi "Diklobiril Mr" номи остида "MERRYMED FARM" kompaniyasi tomonidan savdoga chiqarilishi yuzasidan munosabat bildiradi.
Аgentlik tomonidan “Berlin-Xemi АG” (Germaniya) kompaniyasiga 1997-yil 31- martda “DIKLOBERL” soʼz koʼrinishidagi tovar belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 05-sinfiga (farmatsevtika preparatlari, tibbiy maqsadlar uchun parhez moddalar) muvofiq 6153-sonli hamda 2017-yil 5-iyulda “Dikloberl” soʼz koʼrinishidagi tovar belgisi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 05-sinfiga muvofiq MGU 31860-sonli guvohnomalar berilgan. Guvohnomalarning amal qilish muddati 2026-yilgacha.
Zamonaviy qurilishni metall materiallarsiz tasavvur etib boʼlmaydi. Shu bois qurilish sohasida bilim olayotgan talabalar material xossalarini puxta o'rganishi bino va inshootlar mustahkamligini hamda sifatli qurilishini ta'minlaydi.
Dastur «Qurilish materiallari va buyumlari» faniga oid barcha mavzular bo‘yicha ma`lumotlar beradi.
Dastur orqali talabalar qurilish materiallari va buyumlarining asosiy xossalari; organik bog‘lovchi moddalar; yog‘och ashyolari; issiqlik izolyatsiyasi va akustika buyumlari; polimer ashyolar; tabiiy tosh materiallar; shisha va sopol ashyolar; sementlar; qorishmalar; temir-beton va temir ashyolar kabi mavzular haqida ma'lumot olishi mumkin.
Intellektual mulk agentligidan tezkor ekspertiza xizmati orqali ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma topshirgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.
Yuqoridagi rasmda "Rano", "13 Kofe", "Sayqal" kabi ijodkorona yondashilgan tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.
Ular bilan tanishish orqali balki Sizda ham o'z brendingizni yaratish g'oyasi paydo bo'ladi.
Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.